Eron bugun charter reys bilan keladi
09 sen 2018 10:07
Yangiliklar
Eron bugun charter reys bilan keladi
SHu kuni "Milliy" stadionda O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Raqibimiz Eron bugun charter reys bilan Toshkentga uchib kelishi kutilmoqda va katta ehtimol bilan jamoa "Interkontinental" mehmonxonasiga joylashadi.
Eron futbol saytlaridan beri terma jamoa 25 nafar futbolchi bilan Toshkentga otlanayotganini yozgan. Darvozabonlar - Alirizo Beyranvand, Amir Obidzoda, Hosseyn Hosseyni.
Himoyachilar - Ramin Rezaiyan, Ruzbeh CHeshmi, Majid Hosseyni, Murtazo Pouraliganji, Pejman Muntazari, Milad Mohammadi, Sadeg Moharrami, Vouria Gafuri, Armin Sohrabian.
Yarim himoyachilar - Sayid Ezatolahi, Omid Ebrahimi, Ashkan Dejaga, Saman Goddos, Mehdi Torobi, Masud SHojayi, Vohid Amiri, Ali Karimi, Ehsan Haji Safi.
Hujumchilar - Alirizo Jahonbaxsh, Ali Gulizoda, Mehdi Taremi, Karim Ansarifad.
Ko'rib turganingizdek, bu ro'yxatda Sardor Azmun yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar