So’nggi yangiliklar

19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  0 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  1 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  3 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  12 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  1 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  13 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   1 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  2 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  25 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1

Eron bilan o'yinga 5 kun qoldi. Tehrondagi g'alabani Mirzahakim aka bilan yodga olamiz Yangiliklar

Eron bilan o'yinga 5 kun qoldi. Tehrondagi g'alabani Mirzahakim aka bilan yodga olamiz

Eron bilan o'yinga borgan sari kam vaqt qolmoqda.

Kecha terma jamoamiz "Bunyodkor" stadionida Tailand termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ana endi bor etibor 12 iyun kungi Eron bilan bahsga qaratiladi. Bu uchrashuvga ham bor-yo'g'i besh kun qoldi. Eronga qarshi kechadigan o'yin haqida ko'p gapiryapmiz, negaki bu biz uchun katta ahamiyatga ega bahs bo'ladi.

SHu paytgacha Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida Eron bilan bir marta o'ynab, 1:0 hisobida g'alaba qozonganmiz. Bu voqea 2012 yilning 14 noyabr sanasida ro'y bergandi.

Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali ustoz sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev to'g'ridan to'g'ri efirda sharhlab borgandilar. Biz Mirzahakim aka bilan uchrashib o'sha tarixiy o'yinni yodga oldik.

- Mirzahakim aka, 2012 yilning 14 noyabr sanasi Sizga nimanidir eslatyaptimi?
- Aslida dabdurustdan bir narsani eslash qiyin-u, lekin adashmasam o'shanda O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Eron termasiga qarshi to'p tepgandi. Buni futbol sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalist so'ragani uchun esladim, boshqa eslatadigan hech narsa yo'q.

- Qisqacha o'sha o'yinni, uchrashuv sharhini yodga olsangiz. CHunki biz bilamiz, Eron - O'zbekiston bahsini Siz to'g'ridan to'g'ri efirda sharhlab borgansiz.
- O'yindan avval terma jamoamiz mushkul vaziyatda edi. Sababi, Eron bilan uydagi bahsda mag'lubiyatga uchraganmiz. Bahs tugashiga 12 soniya qolganida to'p o'tkazib yuborib, juda alamli mag'lub bo'lgandik. Esimda, Odil Ahmedovning goli hisobga olinmay, uch ochkoni biz emas, raqiblar olib ketgandi. SHundan keyin vaziyatni tiklash uchun raqib maydonida g'alaba qozonishimiz shart edi. "Ozodi"da o'ynash hech qachon hech bir jamoaga oson bo'lmagan. O'zbekiston terma jamoasi oldiga qo'yilgan vazifa uddalab bo'lmaydigandek ko'ringan, lekin kechagidek yodimda yigitlar ishonchli o'yin ko'rsatgan holda g'alaba qozonganmiz. Hozir ham aniq eslayman, hakamning final hushtagi chalinganidan so'ng "Balki mana shu gol bizga jahon chempionati eshigini ochib berar" degan iborani ishlatganman, vaholanki, o'yindan keyin uchrashuv sharhini boshqa ko'rgan emasman.



- Ulug'bek Baqoev to'p kiritgach, Siz qanday holatga tushgansiz? Har holda to'g'ridan to'g'ri efirda bo'lgansiz.
- Nafaqat, Ulug'bek Baqoev balki terma jamoaning har bir golida ich-ichingdan quvonasan kishi. Birinchidan, bizning futbolchimiz gol uryapti, ikkinchidan, kuchli raqib darvozasi ishg'ol qilinyapti. Bu Eron bilan o'yin bo'ladimi yoki Osiyo Kubogi-2011dagi Qatarga qarshi bahsmi, farqi yo'q hammasi kishiga zavq bag'ishlaydi. Balki oddiy tomoshabin bizdan ko'proq quvonar, lekin sharhlovchi har bir urilgan golga xuddi o'zi ham hissa qo'shganidek his qiladi. Kerak bo'lsa, maydonga tushib gol urgan futbolchining qo'lini siqqan holda "Yasha, shovvoz!" deb rahmat aytging keladi.

- Nima deb o'ylaysiz, terma jamoamiz g'alaba qozonayotgan mahal sharhlovchida so'z o'z-o'zidan quyulib keladimi?
- SHarhlovchida so'z doim quyulib kelishi kerak, hatto u mag'lubiyatga uchrayotgan jamoa o'yinini sharhlayotgan paytda ham. Boisi oddiy tomoshabin tele ekran qarshisida o'tirib, ehtiroslarini bosmasligi mumkin. Ammo sharhlovchida bunday imkoniyat yo'q. Qolaversa, sharhlovchi hech bir tomonni kamsitmagan holda sharhlashi kerak. Va yana bir tarafi bor, sharhlovchi sharh paytida ertangi kunga umid bilan boqishi shart. To'g'ri, futbol milliardlab odam tomosha qiladigan, maftun bo'lgan sport turi, lekin baribir o'yin.  

- Terma jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni sharhlashning oson va qiyin tomonlari nimada?
- Oson tomonlari ko'p. Birinchidan, siz hamma futbolchilarni taniysiz. Ikkinchidan, ular haqida ko'proq malumotga ega bo'lasiz. Bu yigirma yil oldin ham shunday edi, hozir internet rivojlangan zamonda yanada qulay bo'lib qoldi. Uchinchidan, sharhlovchi doim xolis bo'lishi, hech qaysi jamoa yonini olmasligi talab qilinadi, ammo terma jamoa o'yinlarida bu talabni bir chetga surib qo'ysak bo'ladi.  

- Mana endi 12 iyun kuni terma jamoamiz yana bir bor Tehronda Eron termasiga qarshi jahon chempionati saralash doirasida bahs olib boradi. Siz bu o'yindan nima kutyapsiz?
- Biz g'alaba qozonishimiz zarur. CHunki g'alaba bizga eronliklardan ko'ra ko'proq kerak. Malumki, Eron zafar quchadigan bo'lsa, ular jahon chempionati yo'llanmasini rasmiylashtirishadi. Biz esa qiyin vaziyatda qolamiz. Agar biz g'alaba qozonsak ham Eron guruh peshqadamligini o'z qo'lida saqlab qoladi va keyingi ikki o'yinda ijobiy natija qayd etgan holda bemalol vazifani bajarishi mumkin. Lekin ochig'ini aytish kerak, u erda bizga oson bo'lmaydi. Lekin hamma qatori men ham ijobiy natijadan umidvorman.

- Saytimizning fikr qoldirish bo'limida ko'plab muxlislar bu o'yinni ham Mirzahakim aka sharhlab bersinlar degan mazmunda fikr qoldirishyapti.
- Avvalo etibor uchun rahmat. O'zimga ham nima uchun sharhlamay qo'ydingiz deb qo'ng'iroq qilishadi, internet orqali yozishadi. SHuni aytishim mumkin, hozirgi vaqtda "Sport" telekanalida ishlamayapman va bo'lajak uchrashuvni efir orqali yosh hamkasblarimizdan biri sharhlab boradi. Nazarimda, o'yinni kim sharhlashidan qatiy nazar maydonda terma jamoa o'ynaydi. Murabbiy tomonidan to'g'ri tarkib va taktika tanlansa, hamma bor kuchi bilan o'ynasa uchrashuvni kim sharhlamasin terma jamoamiz albatta g'alaba bilan qaytadi deya umid bildirib qolaman. Barcha futbol muxlislariga ajoyib uchrashuvlarni tomosha qilish nasib etsin, omad siz va bizni aslo tark etmasin.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика