Ernesto Valverde: “Yaralangan sher hamisha xavfli bo'lgan”
28 okt 2018 08:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460056_original.jpg)
![](/upload/storage/460056_220.jpg)
Ernesto Valverde: “Yaralangan sher hamisha xavfli bo'lgan”
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun El Klassiko oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Klassiko har qanday holatda ham mavsumning qolgan o'yinlaridan farq qiladi. O'zgacha kayfiyat, boshqa yondashuv, kuchli extiros, asablarning taranglashuvi... bularning bari ushbu uchrashuvda mujassam bo'ladi. Keyin “Real”ning qanday holatda bo'lishi ham ahamiyatsiz.
Unutmang, yaralangan sher hamisha xavfli bo'lgan. “Real” hozirbamisoli yaralangan sher holatida. Men o'zim uchun asosiy tarkibni aniqlab oldim. O'ylashimcha, “Real” murabbiyi ham shunday qilgan. “Real” ham, “Barselona” ham jamoaviy o'yini bilan kuchli hisoblanadi. SHu bois ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining yo'qligi o'yinning saviyasiga soya solmaydi, - deya so'zlariga yakun yasadi Valverde.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar