Ernesto Valverde: "Vidal bilan gaplashib oldim"

Tolibjon Qosimov
20 okt 2018, 11:26
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa yarim himoyachisi Arturo Vidalning yonini oldi.

Chililik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lgan edi.

"Bizda kiyinish xonasidagi muammolarni hal qilish uchun g'oya bor. Ha, men Arturo Vidal bilan gaplashib oldim. Albatta, bu haqda batafsil to'xtalmoqchi emasman, chunki bu bizning ishimiz", - deya Valverdening so'zlarini keltirdi "Sport-English" nashri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-english.com