So’nggi yangiliklar

07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  5 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0

Ermatov va uning jamoasining reformasiga vaqt kerak, faqat... Yangiliklar

Ermatov va uning jamoasining reformasiga vaqt kerak, faqat...

O'zbekiston - Avstraliya uchrashuvidan keyin saytimizda Ermatovga murojaat elon qilindi. Sayt vakillarining yig'ilib qolgan savollari, taklif sifatida berildi. Ammo ko'p o'tmay, bu xabarni o'chirib turishga majbur bo'ldik.

Buni birov iltimos qilganligi uchun emas, o'quvchilar tomonidan noto'g'ri talqin qilina boshlaganidan. Umid Ahmadjonov O'FA postiga kelganida kamida 6 oy vaqt berish kerakligini takidlagan edi. Ermatov kelganiga hali ko'p bo'lmadi. Aslini olganda Ahmadjonovni O'FAga kelganida bajargan ko'plab ishlari yaxshi ketayotgan edi. Keyin u MOQ prezidenti bo'lgach, O'FAdan bir muncha chetlanib qoldi. Natijada tashkilot boshsiz chavandozga o'hshab qoldi. Bugun MTJ va OTJ Ahmadjonov tomonidan qo'yilgan murabbiy evaziga natijaga erisha olmadi. Lekin bu bilan uni ayblab bo'lmaydi. Bugun o'sha murabbiylar Ermatov boshqaruvga kelganida ham faoliyatini davom ettirdilar va natijaga erisha olmadi. Agar bu g'alaba Ermatov davrida kelganida, hech kim unutmasdi bu murabbiylarni Ahmadjonov olib kelganiga. Ermatov esa ularni olib tashlashga tavakkal qila olmadi, vaqt oz qolgandi. Qisqasi bu gaplarni davom ettirishdan ayni paytda foydasi yo'q, ishoning. So'kinish va boshqa narsalarni ham foydasi yo'q.


Lekin biz bitta narsani unutib qo'ymoqdamiz. Struktura uchun sifatli mutaxassislarni tarbiyalamagunimizcha hech nimani foydasi yo'q. Usmonov, Ahmadjonov va Ermatov davridagi asosiy ish bajaruvchilar, o'sha-o'sha, mana muammo qaerda. Har bir rahbarni o'zi bilan keladigan ishonchli vakillari bo'ladi, lekin tan olaylik, ular o'sha rahbarning chizgan chizig'idan chiqmaydi. O'zi bilan yangilik olib kelmagan shu paytgacha, bunga ko'nikib qolganmiz. O'FA tomonidan tashkil qilinadigan soha bo'yicha mutaxassislar yig'ilishida, klublar tomonidan hamon matbuot kotibini kelishi yo'q bo'lmadi. Kulgulisi, nomini aytmay qo'ya qolay, buxgalterlarini yuborgan klub bo'ldi, yaqindagi FIFA seminariga. Aslida futbol atrofidagi muammolarimiz tiqilib yotibdi.


Belgiya federaciyasi rahbariyatida o'zgarish bo'ladigan bo'lsa, nari borsa 3-4 nafar yangi kadr keladi. Eskilari faoliyatida davom etadilar. CHunki ular federaciya tomonidan ishlab chiqilgan mexanizm bo'yicha faoliyat olib boradilar, rahbariyatga qarab emas. SHuning uchun nima qilish kerak? Avvalo bizda "kostyak"ni shakillantirib olish lozim. Ertaga qaysi rahbar kelmasin, o'sha rahbar bilan ham futbol rivoji bo'yicha ishlashi kerak. Bugungi kunda O'FAda ham, PFLda ham aksar bo'lim vakillari adashib kelib qolganliklari sir emas. Aksar mutaxassislar esa yangi O'FA uchun eskirgan. Mutaxassis tayyorlash juda qiyin ish. Futbolda hamma narsa ixtiro qilib bo'lingan deganlar adashishadi. Futbolda 2ta narsa hech qachon o'zgarmagan. Bular 11x11ga to'p bilan o'ynash. Maydon "razmerlari" ham o'zgarib turadi. Futbolning turiga qarab darvoza xajmlari. Lekin juda ko'plab narsalar, ish uslublari, mexanizmlar doimiy ravishda mukammallashtirib turiladi. Bizdagi asosiy muammo esa, futbolda hamma narsa ixtiro qilib bo'lingan qabilada ish olib borish. Yangilik yaratishlar yo'q. Yangilik yaratayotganlarni esa "qariyalar" o'z eski ishlarini maqtash orqali, yangilikka qarshi chiqishadi. 2002 yil Agarmurodov olib kirgan 4-4-2 taktikasi, qo'rqoqlarcha, 4-1-4-1ga aylanib bo'lganiga ham yillar bo'ldi. Italiyaga esa bu uslub 1980 yillarda kelgan edi. Hamma erda takomillashish jarayonini ko'ramiz, faqat bizda emas. Buni 1-2 kishi o'zgartira olmaydi, hamma istashi kerak o'zgarishlarni.



Ermatov hozircha biron erda chiqish qilmadi, shoshmayapti. Baland parvoz gaplarni gapirishdan avval, ertaga shu narsa amalga oshmay qolsa uyalib qolmaslik uchun ham indamayapti. O'z faoliyatimdan kelib chiqib, bir kunda 150 000 kishi o'qiydigan sayt egasi sifatida, biron marotaba intervyu bermayman (yaqinda Xayrulla Xoliqov bilan katta intervyu tayyorlashga qaror qilganmiz). Qilayotgan ishlarimni, kostyum shim kiyib, rasmlar orqali chiqish qilmayman. Kerak emas narsalar. Ertaga xalq talab qiladi, qani karillagan ishlaring maxsuloti deb. Ermatov hakamlik davrida ham ko'p ham OAVga chiqishni istamas edi. Intervyular juda kam bergan. Lekin bu ish qilinmayapti degani emas. Yana bir bor takrorlayman, Ahmadjonov bilan yarim yil mazza qilib ishlaganman, ammo eski tizim uni ham o'ziga bo'ysundirishga kuch topa oldi. 


Ayni paytda Ravshan Ermatov oldida juda qiyin vazifa turibdi. Kadrlar siyosatini to'g'ri yo'lga qo'yib olish. Futbolni bugungi kunga kelib qolishiga faqat bir kishini sabab qilib ko'rsatib bo'lmaydi. Strukturada faoliyat olib borayotgan, bitta ishni bajarish uchun o'nlab majlislar kerak bo'lgan kadrlar bo'yicha yakuniy qarorga kelish kerak. CHunki hech qachon katta mag'lubiyatlar oldida ular tanqid ostida qolmaydi, javobgar murabbiy va rahbar bo'ladi. Bizda murabbiylarni mana shunday tartibda kelib qolishiga ham asli sabab kadrlar tizimini sifatsiz ish olib borishida. Nima uchun O'zbekistonda top murabbiylar yo'q? Top deganda, horij talabida bo'lgan nazarda tutilayapti. Bugun faqat Babayan o'zi uchun Xitoy eshiklarini ochdi. Qurbon Berdiev necha yillar davomida "Rubin" shoxsupasida yurdi. Bizda nima uchun yo'q? CHunki tizim to'g'ri emas. Istedodli murabbiylar ko'p, lekin ularni TOP holatga olib chiqadigan siyosat mavjud emas. 


Ermatov bugun asosiy etiborni kadrlarga qaratayapti. O'smirlar va yoshlar terma jamoalaridan natijalarni olib tashlayapti. Azamat Abduraimov tarkibidan Ermatov kelgach juda ko'plab yoshi katta futbolchilar olib tashlandi. Mana shuning uchun ham jamoa Minskda 8ta jamoa ichida, 8-o'rinni qo'lga kiritdi. Bu erda murabbiy faktori ham yo'q emas. 2006 yilda tuzilgan yangi terma jamoada Server Jeparov o'zi uchun ro'yxat qildi va bularning barini tekshirib oldi. 5 nafar yoshi katta futbolchi chiqdi, ularga javob berildi. Ermatov bilib turibdi, ertaga buning oqibatida hech qanday natija bo'lmasligi mumkin. Natija bo'ladi, 4 yillardan keyin. O'zbekiston Janubiy Koreya va Yaponiya siyosatiga o'tayapti. O'smirlar va yoshlar terma jamoalaridan natijalarni olib tashlash orqali, OTJ va MTJga sifatli futbolchilarni tayyorlab borish. Hozir o'smirlar va yoshlar terma jamoalari bilan natijaga erishamiz. Lekin yillar davomida pul tikilgan futbolchilar, OTJ va MTJ ostonasida faoliyatini tugatib tursa, bundan nima foyda?


Avstraliya bilan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin kim Xitoydagi g'alabani esladi, hech kim! CHunki Xitoydagi Osiyo chempionati va Jakartadagi Osiyo o'yinlarida natija qilamiz deb, biz hech qanaqasiga kecha yakuniga etgan musobaqaga tayyorgarlik ko'rmadik. Bu birinchi marotaba emas, doim shunday bo'lib kelgan. O'zbekiston terma jamoasi hamma musobaqada g'alaba qozonishni istaydi, yakunda hech nimaga erisha olishmaydi. Bu fakt! SHuning uchun keyingi 4 yillikdagi turnirga tayyorgarlikni 1 yil qolganida emas, bugundan boshlab tayyorlash tizimini ishlab chiqish kerak va ayni paytda O'FA shuni harakatida. O'FA hozir yosh bo'yicha keng hajmdagi ishni olib borishga tayyorlanayapti. Hamma rahbar ham bunday qila olmaydi, chunki natija ko'rsatgisi keladi. Lekin buni hukumat va xalq ham qabul qilishi kerak. Toza yosh bilan ham natija qilish mumkin, lekin bu juda qiyin va katta mehnatni talab qiladi. Buning uchun har bir hududlarda yoshlar bilan ishlaydigan malakali murabbiylar bo'lishi kerak. Bizda esa ular juda-juda kam! Keyingi to'rt yillikdagi musobaqalarimiz nimalardan iborat, bular:


2008 yillarda tavallud topgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati

2003 yillar o'rtasida tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 

2001 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi Olimpiada o'yinlari


SHu kungacha hech qachon bu yoshdagi terma jamoalarga bugungidek etibor qilinmagandi. Birgina 2006 yillarda tug'ilgan futbolchilarni selekciya qilish uchun 500 nafarga yaqin bolalar ko'rildi. Oldinlari bunday bo'lmagan. O'FA tomonidan qilinayotgan ishlarni, ko'rinmas tomonlari bu. 2008 va 2010 yillar uchun bu ko'rsatgich 2000 nafarga chiqara olsak, mana shu bizning yutug'imiz bo'ladi. 50 nafar boladan tanlangan 20 kishi qayda-yu, 2000 nafardan tanlanganlar qayda?


O'zbekistonda futbol tizimmi shunchalik parokandalikka uchraganki, uni to'g'irlash uchun yillar talab qilinadi. Belgiya, Ispaniya, Gollandiya, Germaniyani ko'p o'qiyman. o'nglanib olish uchun yillar kerak bo'lgan. Ko'lmaklarni dengizga aylantirish uchun juda ko'p mehnat kerakligini, barcha sohalarda bilamiz. Poydevor mukammal bo'lmagan futbolda, har bir o'yinda natijaga erisha olmasligimizni aslida o'zimiz ham yaxshi bilamiz. Biroq mag'lubiyat degan alamli xodisadan keyin extirosga berilamiz.


Biz o'zimiz uchun yaxshi bitta andozaga ega Evropa mamlakatini tanlab olishimiz kerak. PFL va O'FA qoshidagi istedodli 10 nafardan kam bo'lmagan mutaxassislarni kamida 2 haftaga yuborish kerak. Ko'rishsin, o'rganishsin. Savol bera oladigan mutaxassislar boradigan tadbirlardan kelib, olgan javoblarini O'FA va PFL strukturasida qo'llashsin. Mana shunda biroz bo'lsa ham futbolga bo'lgan munosabatlarimiz o'zgaradi. Eng katta qilishimiz kerak bo'lgan yana bitta ish, viloyat futbol associaciyalarini moliyasini hal qilish. Yillar davomida yopiq bo'lib kelgan mavzuni ham ko'targan Ravshan Ermatov bo'ladi. Bugunga kelib 14ta associaciyaning 6tasida moliyaviy muammo degan narsaga nuqta qo'yildi. Yil o'rtasiga kelib, qolgan hududlarda ham o'zgarishlar bo'lishi aniq.


Maqolam so'nggida bir narsani iltimos qilishim mumkin, aksar mutaxassislardan! Munosib emassiz-ku, futbolga. Qiynamang, keting, iltimos! Ollox rizqingizni beradi, ishoning. O'ylamang ishdan bo'shasam farzandim och qoladi deb. Peshonangizga yozilganini olasiz. Aynan Sizlarni deb aslida muxlislar jabr chekayotganini his qiling. 


O'zimga kelsak, bugun yana Toshkent shahar futbol Associaciyasida faoliyat boshlaganman. Men hech qachon mansabga intilmaganman. Biron narsa yoqmasa arizamni yozaman, ketaman. CHunki men uchun u er daromad manbai emas. Faqat hozirgi rahbariyat bilan ishlab ko'rmoqchiman, agar bular ichidagi bironta noto'g'ri ish ko'rsam, birinchi ketadigan men bo'laman. Bu ishni bir marotaba qilgan, ikkinchi marotaba ham amalga oshira olaman, toki, o'zimga mos tizimni topmagunimcha. Hozir esa yangi rahbariyatga kami 1 yil kerak. Aslida esa halol tarkib bilan 2024 yilgi Osiyo chempionatlarida ishtirok etib ko'rishni istayotgan tizimga vaqt berishimiz kerak. Muhimi, hozircha istak bor!


Keyin o'quvchilardan, "intrigani" sevadigan mutaxassislardan bir iltimosim bor, meni yozadiganlarimni Diyorga, Diyorni yozadiganlarini menga aloqasi yo'qligini va nihoyat tushuning. Ikki oila o'rtasida nizo kelib chiqishiga sabab bo'lib qolmanglar deb qolaman.


Tez kunda, zararli odatlarimiz haqidagi birinchi video blogimni etiboringizga taqdim qilaman. Bu haqda telegramdagi KANALIM orqali bilib olasiz - @Nadirkhuja


Sizlarni cheksiz hurmat qiluvchi, Nodirxo'ja Yuldashev!

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика