Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar Hindiston Super-ligasida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2015, 17:18
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Hindiston Super-ligasi o'yinlarini boshqarish uchun taklif oldi.

Ma'lumot uchun aytish kerakki, Hindiston Super-ligasida o'yinlar sentyabrdan dekabrgacha o'tkaziladi. Unda 8 jamoa qatnashib, o'zaro ikki boradan to'qnash kelishadi. Keyinchalik eng yuoqridagi to'rt jamoa o'zaro yarim final hamda final o'yinlarini o'tkazadi. Yarim final o'yinlari uy-safar tizimida o'tsa, final uchrashuvi bitta o'yindan iborat bo'ladi.

Rashan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi aynan chempionatning final bosqichi o'yinlarnida ishlash uchun taklif etilgan. O'yinlar 23 noyabrdan 7 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com