So’nggi yangiliklar

07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  3 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  45

Erkinjon Turdimov Samarqand futbolida qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Yangiliklar

Erkinjon Turdimov Samarqand futbolida qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning say-harakati va tashabbusi bilan joriy yildan viloyatda futbolga jiddiy etibor qaratilmoqda.

VA'DAGA VAFO
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5368-son farmoniga muvofiq, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish, professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida Samarqandda ham keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Xabaringiz bor, bundan uch oy avval «Dinamo» klubi bilan uchrashgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 2019 yildan klubni shaxsan o'z nazorati ostiga olishini, boshqaruv tizimi va moliyalashtirish manbalarini to'g'ri yo'lga qo'yishni, jamoa uchun eng avvalo sharoitlarni yaxshilab, so'ng natija talab qilinishini aytgan edi. Qolaversa, “Samarqand” telekanalidagi xalq bilan ochiq muloqot ko'rsatuvi davomida ham, muxlislarning talab va takliflari o'rganib chiqilishini malum qilib, “Dinamo” Samarqanddek shahar va viloyatga munosib bo'lishi shartligini takidlagandi. Vadaga muvofiq, Samarqand viloyat futbol Associaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov o'zgarishlarni viloyat futboli poydevori sanalmish bolalar-o'smirlar futbol akademiyasidan boshladi.



AKADEMIYA
Yanvar oyi yakunida viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand shahrida joylashgan O'FA va «Dinamo» futbol klubi tasarrufidagi Samarqand viloyat futbol akademiyasida bo'lib, bolalar futbolining bugungi holatini ko'zdan kechirdi va eng avvalo ishni viloyat futboli poydevori bo'lmish akademiyani oyoqqa turg'izishdan boshlash lozimligini takidladi. Dastlab barcha muammo va kamchiliklar aniqlanib, akademiya tarbiyalanuvchilariga sharoitlarni yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Akademiya yangicha ko'rinish olishi, ishlar yangicha tarzda olib borilishi uchun qurilish va bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

«DINAMO» KLUBI QARORGOHI
Katta o'zgarishlar amalga oshirilayotgan navbatdagi manzil “Dinamo” futbol klubi qarorgohi bo'ldi. Jamoa bazasidagi holat bilan shaxsan tanishgan Erkinjon Oqbo'taevich Samarqand viloyatining bosh jamoasi moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sharoitlarni yaratish borasida bir qator ko'rsatmalar berdi. Bugungi kunda “Dinamo” PFK qarorgohida qurulish-tamirlash brigadalari tomonidan obodonlashtirish va rekonstrukciya ishlari olib borilib, futbolchilarga barcha sharoitlar yaratilmoqda. SHuningdek, yaqin orada Jomboy tumanida “Dinamo” klubi uchun futbol bazasi qurilishi rejalashtirilgan.

STADION
Rejaga muvofiq, yangi futbol mavsumi oldidan “Dinamo” stadionida PFL talablari darajasida sharoitlarni yaratish va o'yingohni 2019 yilgi chempionatga hozirlash ishlari ham boshlanish arafasida. Mamlakatimizning eng ko'rkam va sifatli maydonlaridan biri bo'lmish stadion chimi ham mutaxassislar tomonidan qishki parvarishlash natijasida mart oyidayoq tayyor holga keladi.



UZOQ KUTILGAN O'ZGARISH

Bir necha yillar davomida Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi samarali rahbarlik faoliyatidan yaxshi malumki, viloyatning bosh jamoalari - “Qizilqum” va “Surxon” klubi muvaffaqiyatlarida Erkinjon Turdimovning hissasi katta ekanligini mahalliy muxlislar hali hamon eslashadi. Bir necha yillar davomida Samarqandda futbolga etibor haminqadar ediki, aytaylik, viloyat bolalar futbol akademiyasi yoki “Dinamo” klubi qarorgohida qilinayotgan hozirgi yangilanish, o'zgarishlar oxirgi marta necha yil oldin amalga oshirilganligini hatto eslay ham olmaysan kishi.

«DINAMO»GA YANGI AVTOBUS BERILADI
Viloyat hokimi tashabbusi bilan 2019 yilgi yangi mavsum oldidan «Dinamo» futbol klubi moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida jamoaga Samarqand viloyati hokimiyati va klub homiylari tomonidan yangi zamonaviy avtobus berilmoqda. Hozirda yangi avtobusga “Dinamo” klubi ramzlari tushirilib, buyurtma asosida tayyorlangan. Avtobus 2019 yilgi chempionat startidan boshlab “Dinamo” xizmatida bo'ladi.



TAYYORGARLIK
Jamoa yil avvalidan rejalashtirilgan yangi mavsum hozirligining dastlabki qismini Samarqandda, 3 va 4-bosqichini esa Toshkentda o'tkazmoqda. Dastlabki nazorat bahslarida “Dinamo” Navoiyda “Qizilqum” jamoasini 2:3 hisobida mag'lub etib qaytgan bo'lsa, Qarshida “Nasaf” bilan durang (0:0) qayd etdi. Toshkentda o'tayotgan yig'inda esa Davron Fayziev shogirdlari o'rtoqlik uchrashuvlarida “Bunyodkor”ni 2:1, “Surxon”ni 3:0, bugun 16 fevral kuni esa Superliganing yana bir vakili “Qo'qon-1912” klubini 3:2 hisobida mag'lub etib, yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda.

MAQSAD – SUPERLIGA
Eng ko'p aholiga ega katta viloyatning rahbari barcha sohalar qatori futbolga ham alohida etibor qaratayotgani, Samarqandda bolalar futbolidan tortib, professional futbol klubi darajasigacha nazorati doirasidan chetda qolmayotgani, muammo va kamchiliklarga o'z vaqtida munosabat bildirayotgani zamirida eng avvalo, futbolsevar Samarqand xalqining kayfiyati, mamlakat kelajagi sanalmish bolalar futbolining istiqboli ko'zlangan. Berilayotgan etiborga yarasha “Dinamo” klubi oldiga bu yil Superligaga chiqish vazifasi yuklatilgan.

“Qars ikki qo'ldan chiqadi” deganlaridek, “Dinamo” jamoasi ham masuliyatini his etgan holda yangi mavsumda rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlashga jiddiy bel bog'lagan.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика