So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Erkinjon Turdimov: Dinamo Samarqandga munosib bo'lishi lozim Yangiliklar

Erkinjon Turdimov: Dinamo Samarqandga munosib bo'lishi lozim

10 oktyabr, chorshanba kuni Dinamo markaziy stadioni anjumanlar zalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Dinamo professional futbol klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va OAV vakillari bilan uchrashdi.

Yig'ilishda viloyat hokimi “Dinamo” klubining joriy yilgi mavsumdagi ishtirokini tanqidiy va tahliliy tarzda baholab, viloyatning bosh jamoasi Samarqandga munosib bo'lishi lozimligini takidladi.

- “Barchamiz juda yaxshi bilamiz, Samarqand ahli futbolsevar xalq. Viloyatning qaysi bir chekkasiga bormang, futbol haqida gap ochilganida “Dinamo”ning qayd etayotgan natijasi odamlar orasida muhokama qilinayotgan bo'ladi. Samarqandimiz bosh jamoasining joriy yilda ko'rsatayotgan natijasi shaxsan meni viloyat futbol associaciyasi prezidenti sifatida qoniqtirmayapti” – deya takidladi Erkinjon Oqbo'taevich.

Yig'ilish davomida “Dinamo” klubi rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, jurnalistlar va muxlislarning takliflarini eshitgan Erkinjon Turdimov “Dinamo” klubi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, futbolchilar va murabbiylar uchun zarur shart-sharoit yaratish va ularni munosib rag'batlantirishda kuzatilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida ko'rsatmalar berdi.



Xususan, jamoa mashg'ulotlari uchun munosib o'yingoh va maydon ajratish, klub qarorgohi borasida yangi taklif kiritish, “Dinamo” stadionidan foydalanish, zamonaviy avtobus xarid qilish va futbolchilarni o'z vaqtida rag'batlantirib borish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi. Viloyat rahbari “Dinamo”ning kelgusi mavsumda Superligada ishtirok etishi uchun barcha imkoniyat yaratib berilishini, buning uchun jamoa faqat va faqat g'alabalari bilan muxlislarni xursand etishi lozimligini aytib o'tdi.

- “Dinamo” – mamlakatimizning eng ko'p aholiga ega viloyati sanalmish Samarqandning bosh jamoasidir. “Dinamo” bu – Samarqandning o'ziga xos ko'p yillik brendi. Yodingizda bo'lsa, bir necha yil oldin “Dinamo” nomi o'zgartirilib, “Afrosiyob” ham, “Maroqand” ham deya nomlangandi, ammo klub o'z tarixi va ananalari bilan “Dinamo” sifatida mashhur. “Dinamo” Samarqandga munosib bo'lishi lozim. Hozirgi natijalar uchun murabbiy va futbolchilarni hozirdan qoralash niyatim yo'q, sababi ularga qanday sharoit yaratilganidan bexabarman. Hozirdan “Dinamo” klubining tashkiliy va moliyaviy yo'nalishlarini belgilab olishimiz darkor. Bundan buyon nafaqat “Dinamo”, viloyat futboli ham imkonqadar nazoratimda bo'ladi. Bolalar futbolini ham rivojlantirishimiz kerak. Bolalar futbolidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etib, sharoitlarni yana bir ko'zdan kechirish, stadion va maydonlarni yaxshilash borasida ishlar rejasini tuzishimiz shart. Bolalar va o'smirlar futboli bu - poydevor, bunga jiddiy yondashish lozim” – dedi viloyat rahbari.

Yig'ilish yakunida Erkinjon Turdimov futboldagi muammo va kamchiliklar, takliflar borasida klub rahbariyati va murabbiylarni jurnalistlar va muxlislar bilan doimo ochiq muloqotga kirishishlari lozimligini, Samarqand futboli rivoji uchun barcha birlashib bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi shartligini takidladi.

Tadbir yakunida “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev so'zga chiqib, Erkinjon Turdimovga futbol jonkuyari sifatida qilinayotgan katta etibor uchun minnatdorchilik izhor etib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun butun jamoa masuliyatni his etgan holda Superliga yo'llanmasi uchun kurashishini malum qildi va viloyat hokimiga jamoa nomidan “Dinamo”ning 49-raqamli libosini sovg'a qildi.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика