Erkinjon Turdimov "Dinamo" qarorgohi va stadionini ko'zdan kechirdi
04 mar 2019 10:56
Yangiliklar


Erkinjon Turdimov "Dinamo" qarorgohi va stadionini ko'zdan kechirdi
3 mart, yakshanba kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshlanayotgan yangi mavsum oldidan “Dinamo” stadioni va qarorgohida qilinayotgan ishlarning borishi bilan tanishdi.
Superliga 1-turi doirasidagi 9 mart kuni o'tadigan “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuviga qadar klub qarorgohi va “Dinamo” stadioni barcha talablarga javob berishi, muxlislarning stadionga kelib, xordiq chiqarib ketishlari uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozimligi takidlandi. Mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va takliflar berildi.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” – “Nasaf” o'yini 9 mart kuni soat 16:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar