So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Erkin fikr. Bizda faqat "Bunyodkor" stadioni bormi? Yangiliklar

Erkin fikr. Bizda faqat "Bunyodkor" stadioni bormi?

Barchangiz "Million" guruhining oxirgi chiqishini ko'rgan bo'lsangiz kerak.

O'z yumorlari orqali jamiyatimizdagi muammolarini ko'tarib chiquvchi ushbu guruh uchun futbol mavzusi ham begona emas. Xususan, guruhning bu yilgi koncertida dastlabki sahna ko'rinishiyoq futbol muammosi kulgi ila ko'rsatildi. 

Ko'rgan bo'lsangiz, Braziliya va O'zbekiston milliy terma jamosi futbolchilarining rolini o'ynagan yigitlar dastavval o'z yurtlari haqida tarif berib bahs boshlashadi. "Braziliyalik"lar o'z termasining besh karra jahon chempioni ekani, ularda "Marakana" stadioni borligi-yu, mashhur futbolchilari haqida aytgan gapiga, "O'zbekistonlik" futbolchi bir xil tarzda "Bizda "Bunyodkor" stadioni bor" deya javob beradi. Kulguli, lekin o'yga soladigan holat. Rostdan ham bizning boshqa maqtanadigan joyimiz yo'qmi?


Maktab davrimda televizor orqali qiziqarli futbol o'yinlari namoyish etiladigan bo'lsa, qilinishi kerak bo'lgan uyga vazifalar men uchun ikkinchi planga tushib qolardi. Lekin futbol ko'rish orqali o'z-o'zidan bazi fanlarni o'zlashtirgan edim. Masalan, geografiya fani. Futbolga qiziqishim ortgani sari Jorj Vea sabab Liberiya davlatini, Duayt York tufayli Trinidad va Tobago degan davlatlarni o'zim uchun kashf etganman.

Futbol bu shunday o'yinki, unda birgina futbolchi sabab butun bir davlat  ko'z oldingizga kelishi mumkin. Ayrim davlatlar bor, ularni jahon xaritasidan topishning o'zi mushkullik tug'dirsa-da, mashhur futbolchisi orqali bilib olamiz.


Xo'sh, bizda-chi? Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqa olmayotganiga yarasha dunyo taniydigan futbolchimiz bormi? Afsuski, yo'q. Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov kabi futbolchilarimizni ham sobiq ittifoq va Osiyo davlatlaridan boshqa joyda tanishligiga ishonish qiyin. SHu vaqtga qadar "Kuchli beshlik"da bir futbolchimizning sanoqli daqiqalar o'ynaganini aytmasa, bu borada ishlar ancha chatoq ekanini ko'rish mumkin. 

Aytaylik, bizni so'nggi ikkita jahon chempionatidan mosuvo qilgan Janubiy Koreya futbolchilari uchun allaqachon Angliya va Germaniya kabi chempionatlar oddiy hol bo'lib ulgurgan. Biz esa chempionatimizdagi biror futbolchiga Rossiya klubi qiziqsa, do'ppimizni tepaga otgudek xursand bo'ladigan holga keldik. Baxtimizga Osiyo futbol konfederaciyasi 2009 yildan boshlab milliy chempionatlar uchun osiyolik futbolchilarga atalgan +1 limiti joriy etgan ekan, har holda futbolchilarimiz Osiyoning kuchli birinchiliklarida to'p surishyapti. Lekin bu ham vaqincha bo'lishi mumkin, sababi bu mavsumdan Xitoy chempionatida yo'qqa chiqqan osiyolik futbolchi qonuni, kelasi mavsumdan BAA va Qatarda ham bekor bo'lishi kutilmoqda.

Demak, futbolimiz yo'lida allaqachonlar qilinishi kerak bo'lgan islohotlarni (bolalar futboli, oliy va birinchi liga saviyasi) amalga oshirmasak, futbolchilarimizni Evropa maydonlarida ko'rish orzuligicha qolib ketib, nafaqat sahnada, balki real hayotda ham quruq stadionlar bilangina maqtanib qolishimiz mumkin.

Maqsud Yahyoev. 


Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика