Erkin Baydullaev: "Mashg'ulotlarda zavq bilan ishlayapmiz"
27 iyu 2019 00:30
Yangiliklar


Erkin Baydullaev: "Mashg'ulotlarda zavq bilan ishlayapmiz"
AGMKning yangi azosi Erkin Baydullaev jamoasi haqida ilk fiklarini bildirdi.
- Menga bildirilgan ishonch uchun bosh murabbiy Mirjalol Qo'shoqovichga, taklif etgan klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. AGMKga o'tganimdan xursandman. Maydonda esa ushbu ishonchni oqlash lozim. Qo'limdan kelgancha jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Vazifa har bir o'yinga jiddiy yondoshib, maksimal natija qayd etish. Jamoada barcha narsa yoki jihat menga manzur kelmoqda. Ayniqsa mashg'ulotlarda zavq bilan ishlamoqdamiz. Yigitlar o'zaro ahil, yaxshi muhit shakllangan. AGMKda ish jarayoni professional ravishda yo'lga qo'yilgan. O'ylaymanki, mavsum yakunida natija yaxshi bo'ladi, deydi Baydullaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar