Erik Abidal: “Falkao haqiqatdan ham jarohat olgan va hech qaerga ketmoqchi emas”
09 dek 2013 10:38
Yangiliklar


Erik Abidal: “Falkao haqiqatdan ham jarohat olgan va hech qaerga ketmoqchi emas”
“Monako” klubi himoyachisi Erik Abidal, jamoa hujumchisi Radomel Falkaoning klubdan ketishi haqidagi xabarni rad etdi.
“Falkao haqiqatdan ham jarohat olgan. U menga hech qaerga ketmasligini aytgan edi va shu sababli Falkao klubda qoladi.
Biz uning doimiy yaxshi formada bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Hozirda eng asosiysi u jarohatidan tuzalib tezroq maydonga qaytishi kerak, - deydi Abidal.
Takidlanishicha, Falkao yaqinda Franciya chempionati doirasida bo'lib o'tadigan “Gengam”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar