So’nggi yangiliklar

19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  0 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  38 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8

Ergash Ismoilov: “Baqoev va Ashurmatov bilan birga ishlash menga juda yoqmoqda” Yangiliklar

Ergash Ismoilov: “Baqoev va Ashurmatov bilan birga ishlash menga juda yoqmoqda”

Joriy mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilib kelayotgan iqtidorli futbolchi Ergash Ismoilov mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lmoqda.

Sababi 22 yoshli futbolchi qisqa vaqt ichida jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurdi. CHap qanot himoyasida xarakat qilayotgan Ismoilov ko'plab uchrashuvlarda o'zidan iliq taassurot qoldirmoqda. Yaqinda Ergash bilan uchrashib undan intervyu oldik.

- Ergash, keling avvalo millionlar o'yini bo'lmish - futbol olamiga kirib kelishingizdan boshlasak. Professional futbolchi bo'lishingizga kim sababchi bo'lgandi?  
-  Ochig'ini aytsam, bungacha oilamizdan futbolchilar  chiqmagan.  Futbol bilan shug'ullanishimga,  avvalo dadam sababchi bo'lgan.  Toshkent shaxrida tug'ilib o'sdim. Bolaligimdanoq  ko'cha-ko'yda, maxallalar aro bolalar bilan birgalikda futbol o'ynab ulg'aydim.  9 yoshimda dadam  “Dinamo” klubiga olib keldilar. U erda 4-5 yil mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Boshqalar qatori men ham u erda futbolning ilk sir – asrorlarini o'rganib, malakamni oshirdim.  Undan keyin  meni “Bunyodkor”  jamoasiga taklif etishgan. Uzoq vaqt o'ylanib o'tirmasdan darhol, “qaldirg'ochlar”ning taklifiga rozilik berdim. Bugungi kunda esa ko'rib turganingizdek, “Buxoro” jamoasida  to'p suryapman. Bundan juda ham xursandman .

-  Adashmasak, “Buxoro” professional faoliyatingizdagi uchinchi jamoa bo'ldi. Yangi jamoangiz qanday taassurot qoldirdi?
-  Birinchidan Buxoro shaxrining o'zi menda juda iliq taassurot qoldirganini aytib o'tmoqchiman.  “Buxoro” jamoasiga kelganimdan afsuslanmayman. Bu jamoada to'p surayotganimga ham mana salkam bir yil bo'lmoqda. SHu davr mobaynida  klub rahbarlari, murabbiylarimiz , jamoamiz yigitlari, bir oilaga aylandik.  Bularning barchasi men uchun yaqin insolarimdek bo'lib qolishdi. Jamaoaga ilk bor kelganimdayoq meni yaxshi kutib olishdgandi. Ayniqsa Buxoro insonlarining  mexmondo'stligi, axilligi menga yoqdi.
Albatta “Buxoro”da  o'ynash menga zavq bag'ishlamoqda. Ayniqsa uning  ishqibozlarini, har bir uchrashuvimizni bayramdek o'tkazib, bizni qo'llab - quvvatlashi juda yoqimli. Qolaversa murabbiylarimiz Ulug'bek Baqoev, Baxtiyor Ashurmatovlar  bilan birinchi yil ishlayotgan bo'lsamda menga u kishilar  bilan  ishlash, xuzur bag'ishlamoqda. Ayniqsa Ulug'bek akaning  talabchanligi, vaqti  kelsa do'stdek, bazida akadek, biz bilan muomalada bo'lishi,  odamni o'ziga bo'lgan ishonchini,  maqsadini , ruxiy tayyorgarligini oshiradi. Aynan shu tomonlarini xurmat  qilib,  qadrlayman. Bir yildan beri to'p surayotgan bo'lsam, har bir o'yinda turli xil voqealar bo'ldi. G'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi deganlaridek, vaqti kelsa yutqazdik. Vaqtidi esa yutdik. Murabbiyimizlarimiz ham mag'lub bo'lganimizda biz  kabi xafa bo'ladi, yutganimizda xuddi bolalarcha biz bilan birga xursand bo'ladi. Qisqasi yaxshi va yomon vaziyatlarda hamma vaqt bizni qo'llab-quvvatlaydi. U kishiga ham ular qatori boshqa murabbiylarimga ham katta raxmat aytaman. Menga shunchalik ishonch bildirib,  shu jamoaga taklif qilganlari uchun ulardan minnatdorman. Kelgusida ham ularning ishonchlarini to'la oqlashga chin dildan xarakat qilaman. 


- Sir emaski, “Buxoro” bir nechta g'alabalar evaziga turnir jadvalida xatto 2-o'rindan joy egallab kelayotgandi. Biroq so'nggi turlarda yo'qotilgan qimmatli ochkolar jamoaning turnir jadvalidagi o'rnini pasaytirib yubordi. Sizningcha bu ko'proq nima bog'liq?  
- Xa, to'g'ri. Bilasizmi bu – futbol. O'yin chog'ida turli xil vaziyatlar bo'ladi. Doimo shu vaziyatlarga tayyor turishimiz lozim.  Biz 11ta (!) o'yindan beri mag'lubiyatsiz kelayotgan edik. Buning o'zi osonlikcha bo'lmaydi. Tinimsiz mexnat va xarakat qilish lozim. Faqat mana shu oxirgi 3 ta o'yinda durang qayd etdik. Bunda bizga faqatgina omad etishmadi xolos. CHunki mashg'ulotlar yuqori suratda o'tkazilgandi. Xech qanday muammo yo'q edi. Yigitlar ham bor kuch-g'ayratini maydonda ko'rsatdi. Ular qo'ldan kelgancha xarakat qildi.  Futbolda o'yin tartibi 90 daqiqadan iborat. Eng qizig'i xam shu 90 daqiqa ichida sodir  bo'ladi. G'alaba, mag'lubiyat yoki durang...  SHuning uchun ham yuqorida aytganimdek ozgina omad biz tomonda bo'lmaganligi sababli turnir jadvalidagi yuqori o'rindan bir, ikki pog'ona pastladik. Lekin bu degani umidni uzish , yuqoriga intilmaslik  yoxud  “Buxoro” jamoasi  kuchsiz degani emas. To'g'ri, oxirgi o'yinlar tufayli jamoaning biroz ruhan sinib qolgan edi. Ammo xozirda jamoamiz bilan birga to'liq tarkibda 2-3 mahaldan mashg'ulotlar olib  boryapmiz. Yigitlarning barchasi  ruhan tushkunlikdan chiqib ketdi. Barchamiz yaxshi kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan navbatdagi “SHo'rtan”  bilan  bo'ladigan uchrashuvga qizg'in tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa yanada ko'proq mexnat qilib, yaxshi natijalar bilan yuqori o'rinlardan joy olamiz deb umid qilaman. CHunki o'ziga bo'lgan ishonch jamoamizda birinchi o'rinda turadi.

- Buxorolik muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Sportning barcha turdagi, xususan futbol muxlislariga chin dildan omad hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilayman.  Futbol ishqibozlariga esa alohida raxmat aytaman . Biz futbolni eng avvalo ular  uchun o'ynaymiz. SHunday ekan ishqibozlarning bizga bo'lgan ishonchi xech qachon so'nmasin. Bizni qo'llab – quvvatlashda charchamasin  va davom etaverishsin deyman.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика