Erdman: "Men Roysga qo'pollik ishlatmadim, uning o'zi jarohat oldi"
05 mar 2015 11:10
Yangiliklar


Erdman: "Men Roysga qo'pollik ishlatmadim, uning o'zi jarohat oldi"
Drezdenning "Dinamo" himoyachisi Dennis Erdman Dortmundning "Borussiya"siga qarshi uchrashuvida (0:2) bir vaziyat haqida fikr bildirdi.
Dortmundliklar hujumchisi Marko Roys birinchi bo'lim o'rtalarida jarohat oldi va maydonni muddatidan avval tark etdi. U Erdman bilan kurashda jarohat oldi.
"Uning o'zi tizzamga urildi va shikastlandi. Bir necha yil oldin Kraysligada (Germaniyaning quyi ligasi) o'ynaganman va bunday holatlarda futbolchi o'ynashda davom etardi. Ammo Bundesligada boshqacharoq ekan" - deydi Erdman.
Eslatib o'tamiz, Roysning "Gamburg"ga qarshi Germaniya chempionati 24-tur uchrashuvida ishtiroki so'roq ostida.

Fikrlar