So’nggi yangiliklar

09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  0 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  0 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  2 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  3 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  1 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  6 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  16 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0

Eplmanager.com orqali 20 million so'm qiymatidagi sovg'alar yutib olgan Akmalbek Ahmedov bilan suhbat Yangiliklar

Eplmanager.com orqali 20 million so'm qiymatidagi sovg'alar yutib olgan Akmalbek Ahmedov bilan suhbat

Ko'pchilikka malumki eplmanager.com saytida ikki yildan buyon virtual futbol o'yini o'tkazilmoqda.

Ushbu o'yin orqali o'nlab yurtdoshlarimiz qimmatbaho sovrinlarni qo'lga kiritishdi. Ular orasida Akmalbek Ahmedov ham bor. Andijonlik futbol ishqibozi bank sohasida faoliyat olib boradi. Kuni kecha Akmalbek eplmanager.com saytida o'tkazilgan “888 league” ligasida ikkinchi o'rinni egallab “iPhone 8” smartfonini qo'lga kiritdi. Bunga qadar ham bir necha bor sovrinli ligalarda g'olib bo'lgan Ahmedov bilan suhbat qurishga va uning g'alabalari sirini bilishga qaror qildik.

- Eplmanager.com saytini birinchi bor qachon va qaerda ko'rgansiz?
- Eplmanager.com saytini ilk bor 2016  yil 3 avgust kuni championat.asia sayti orqali ko'rganman.

- Dastlabki taassurot qanday bo'lgan?
- Dastlabki taasurotlar ajoyib bo'lgan Anglya chempionati dunyodagi eng qiziq chempionat. SHu bois bu virtual o'yin ishga tushganidan xursand bo'lganman.

- Xorij saytlarida ham virtual futbol o'ynaysizmi?
- Yo'q xorijiy virtual futbol o'yinlarida ishtirok etmaganman. Ilk bor eplmanager.com da ishtirok eta boshladim.

- Ushbu o'yinda bir necha bor g'olib bo'lgan ishtirokchi sifatida aytingchi g'alabaga erishish siri bormi?
- Hech qanday sir yo'q. Angliya chempionatining har bir turini kuzatib borish, o'yinchilarni to'g'ri tanlay bilish, har bir tanlangan o'yinchining holatini o'rganiish va omadga bog'liq.


- Qolgan ishtirokchilarga qanday maslahat bera olasiz?
- Barcha ishtirokchilarga maslahatim championat.asia saytini kuzatib boring. Angliya chempionatidagi barcha o'yinlarni muntazam ko'rib boring. Bu saytda barcha ishtirokchilarning imkoniyati teng! Siz ham harakat qiling albatta yutasiz! Men bilan birga taklif qilgan do'stlarim ham ko'plab sovg'alarga ega bo'lishdi. Barcha ishtirokchilarga yaratgandan omad tilab qolaman.

- Eplmanager.com orqali qaysi futbolchilar sizga ko'p foyda keltirishgan.
- Ko'p o'yinchilar foyda keltirishgan. Eng ko'p ochko keltirganlari Xarri Keyn va Muhammad Saloh.

- SHu kungacha taxminan qancha pul sarfladingiz?
- Har bir turda jamoamga cheksiz transfer sotib olaman. Ikki yil davomida hozirga qadar 5 million so'm ishlatdim. O'z navbatida shu o'yin orqali 20 million so'mdan yuqori qiymatdagi yutuqlarga ega bo'ldim.

- Covrinli liga bo'lmasa ham shunday aktiv o'ynashda davom etasizmi yoki qiziqishingiz pasayib ketadimi?
- Sovg'asiz ham ishtirok etaman albatta. Bu qiziqarli o'yin siz tanlagan o'yinchi haqiqiy o'yinda gol ursa bundan zavqli narsa yo'q. Lekin  sovg'ali ligalar bo'lgani yanada qiziqish yuqori darajada bo'ladi. Eplmanager.com  dan yangi ko'plab sovg'ali ligalarni kutib qolamiz!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика