So’nggi yangiliklar

22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  5 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  2 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  5 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2

EPL Manager: Ikkinchi tur yakunlari Yangiliklar

EPL Manager: Ikkinchi tur yakunlari

Teglar :  Eplmanager
Angliya premer-ligasi va "EPL Manager"ning ikkinchi turi ortda qoldi. Championat.asia sayti Angliya chempionati va fentezi-futbol bo'yicha Osiyo ochiq chempionatining ikkinchi turi yakunlarini taqdim etadi.

Mana Angliya premer-ligasining ikkinchi turi o'z yakuniga etdi. Bu hafta ham bizga sensaciya taqdim etdi – Liverpul safarda Byornliga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa ilk t urda Arsenalni mag'lub etgach chempionat debyutantiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Arsen Venger jamoasi esa amaldagi Angliya chempioni Lester bilan nursiz durang o'ynadi. Manchester Yunayted, Manchester Siti va CHelsi klublari ikkinchi o'yinda ham zafar quchishdi hamda hozircha yuz foizli natija qayd etib turishibdi. Mavsumni ajoyib boshlagan Xall Siti ham peshqadamlar safida bormoqda.

Turda to'rt nafar o'yinchi eng yaxshi bo'ldi: Kyortis Devis (Xall Siti), Serxio Aguero (Manchester Siti), Kristian Stuani (Midlsbro) va Zlatan Ibragimovich (Manchester Yunayted). Ularning barchasi bu turda 10 ochko olishdi. Manchester klublarining ikki futbolchisini EPL Manager ishtirokchilari orasida juda ham ko'p super-kapitan qilib tayinlanishgan. Ular bu turda ancha katta ochko to'plashdi.

Birinchi turdan farqli ravishda etakchi klublar darvozabonlari o'z darvozalaridan gol o'tkazishmadi. David De-Xea, Kasper SHmeyxel va Petr CHex to'p o'tkazishmadi, Byornli posboni Tom Xiton quruq o'yindan tashqari bir necha marta seyv amalga oshirdi va natijada 9 ochko oldi.

Liverpul klubi futbolchilariga ishongan ishtirokchilar pand eyishdi. Futbol tarixida eng qimmat transferga aylangan Pol Pogba ham Sautgempton bilan o'yinda natijali harakatlarni amalga oshirmadi.

Bu turda Ohmtharathorn jamoasi 91 ochko to'pladi. Ushbu jamoada super-kapitan Serxio Aguero (10 ochko, super-kapitan bo'lgani uchun 30 ochko) katta ochko to'pladi. Umumiy jadvalda Awesome Fc jamoasi birinchi o'ringa chiqib oldi. Ushbu jamoa ikki turda jami 137 ochko jamg'ardi. Kuchli o'nlikda O'zbekistondan faqat bitta jamoa bor. Biroq bu faqat dastlabki ikki tur, oldinda yana 2ta tur bor.



Haftaning eng yaxshi futbolchilari:

Curtis Davies (Hull City) - 10 ochko
Sergio Agüero (Manchester City) - 10 ochko
Cristhian Stuani (Middlesbrough) - 10 ochko
Zlatan Ibrahimovic (Manchester United) - 10 ochko
Victor Wanyama (Tottenham) - 9 ochko


Super-kapitan qilib tanlangan top futbolchilar:

1. Zlatan Ibrahimovic
2. Sergio Agüero
3. Philippe Coutinho
4. Eden Hazard
5. Harry Kane

Ro'yxatdan o'ting, jamoa tuzing, eplmanager.com saytidagi sovrinli ligalarda ishtirok eting va O'zbekistonni fentezi-futbolda yuqoriga olib chiqing!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика