So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  6

EPL Manager: 19 va 20-tur sharhi Yangiliklar

EPL Manager: 19 va 20-tur sharhi

Teglar :  Eplmanager
Angliya Premer-ligasida Boksing dey yakuniga etdi va biz etiboringizga 19 va 20-tur sharhini taqdim etamiz.

19-tur "Xall Siti" - "Everton" o'yini bilan boshlandi. Liverpul shahri vakillari mehmonda durang o'ynashdi (2:2).

"Lester" uzoq vaqtdan beri ilk marotaba darvozasini quruq saqlab qoldi va "Vest Xem"ni mag'lub etdi. Yagona gol Slimani hisobiga yozildi.

"Manchester Yunayted" o'z uyida "Midlsbro"ni qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi. Marsyal va Pogbaning 85 hamda 86-daqiqalardagi gollari jamoaga 3 ochko taqdim etdi.

"CHelsi" "Stemford Brij"da "Stok Siti" bilan bellashdi. "Aristokratlar" 4:2 hisobida zafar quchishdi. Ko'klar Martins Indi va Piter Karuchning gollariga Keyxill, Kosta va Villianning dubli bilan javob qaytarishdi.

Turning markaziy uchrashuvi "Liverpul" hamda "Manchester Siti" o'rtasida bo'ldi. Uchrashuv natijasi ikkala jamoa uchun ham muhim edi. Hisob 8-daqiqada Viynaldum tomonidan ochildi va uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.

"Byornli" "Sanderlend"ni taslim etdi (4:1), "Sautgempton" uyida "Vest Bromvich"ga mag'lub bo'ldi (1:2), "Suonsi" o'z maydonida "Bornmut"dan 3 ta gol o'tkazib yubordi.

Birinchi yanvar kuni 3 ta London jamoasi maydonga tushdi. "Tottenxem" mehmonda "Uotford"ni yirik hisobda mag'lub etdi (4:1), "Arsenal" esa "Emireyts"da "Kristal Pelas"ni 2:0 hisobida taslim etib, 3 ochkoga ega bo'ldi.



Turning eng yaxshi futbolchilari: 

1. Gray (BRN) 17 points

2. Kane (TOT) 13 points

3. Alli (TOT) 13 points

4. Willian (CHE) 12 points

5. Phillips (WBA) 10 points


19-turda eng ko'p super-sardor sifatida tanlangan futbolchilar:

1. ZlatanIbrahimovic

2. Diego Costa

3. Alexis Sánchez

4. Eden Hazard

5. Romelu Lukaku

6. Thibaut Courtois

7. David de Gea

8. Ben Foster

9. Harry Kane

10. Sadio Mané


20-turning ilk bahsi "Midlsbro" va "Lester Siti" o'rtasidagi nursiz durang bilan boshlandi. "Vest Bromvich" o'z maydonida "Xall"ni taslim etdi (3:1), "Kristal Pelas" "Suonsi"ga imkoniyatni boy berdi (1:2), "Stok Siti" esa "Uotford"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi (2:0).

"Everton" o'z maydonida "Sautgempton" darvozasiga 3 ta javobsiz gol urdi. Leyton Beyns, Enner Valensiya va Romelu Lukaku o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.

"Manchester Siti" "Enfild"dagi omadsizlikdan so'ng, "Byornli"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi (2:1).

Yurgen Klopp shogirdlari avvalgi turdagi g'alabadan so'ng Devid Moyes jamoasini mag'lub eta olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

"Manchester Yunayted" yaxshi formaga kirib oldi va buni jamoaning natijalaridan bilib olish oson.20-turda ular "Vest Xem"ga qarshi bahs yuritishdi. Mata va Ibragimovichning gollari jamoaga ishonchli g'alabani taqdim etdi.

"Bornmut" - "Arsenal" uchrashuvida aqlga sig'mas kambek sodir bo'ldi. Avvaliga olchalar hisobni 3:0 ko'rinishiga olib kelishdi. Ammo Arsen Venger shogirdlari ruhini tushirishmadi va Sanches, Lukas Peres hamda Jiruning gollari bilan hisobni tenglashtirishdi. Bahs gollarga boy durang bilan yakun topdi.

20-turning markaziy bahsida "Tottenxem" "CHelsi" bilan kuch sinashdi. Dele Allining dubli "shporlar"ga muhim uchrashuvda 3 ochko taqdim etdi.

Eplmanager saytida iPlay+ sovrinli ligasi yakunlandi va barcha uch g'olib Indoneziyadan bo'ldi.

1.Bintang Kecil (361 ochko)

2.lady rose fc (359 ochko)

3.Si Doel (353 ochko)

Turning eng yaxshi jamoasi


Turning eng yaxshi futbolchilari:

1. RyanShawcross (STK) 12 points

2. OlivierGiroud (ARS) 12 points

3. Dele Alli (TOT) 12 points

4. Leighton Baines (EVE) 12 points

5. Ryan Fraser (BOU) 11 points


Top-10 igrokov, vybrannyx super-kapitanami v 20-m ture

1. Zlatan Ibrahimovic

2. Alexis Sánchez

3. Sergio Agüero

4. Diego Costa

5. Adam Lallana

6. Eden Hazard

7. Sadio Mané

8. Romelu Lukaku

9. Matt Phillips

10. Salomón Rondón

Eplmanager.com da yangi sovrinli liga ishga tushdi


Tezroq ro'yxatdan o'tib, qimmatbaho sovrinlar uchun kurashni boshlang: 

Ro'yxatdan o'tish

1.iPhone 7 Plus

2.iPhone 7 32GB

3.Oppo F1

Malumot uchun, 10ga yaqin o'zbekistonliklar Eplmanager.com saytida qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritishgan. Manba

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика