So’nggi yangiliklar

11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  6 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  2 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  11 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  6 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  5 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  10 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0

Enrike Germaniyani guruhda qoldirib ketish haqida o'ylayaptimi? Yangiliklar

Enrike Germaniyani guruhda qoldirib ketish haqida o'ylayaptimi?

Bugun, 1 dekabr qishning ilk kuni, ob-havo ham shunga monand.

Oldingilaridan farqli qish faslida o'tayotgan mundial harorati tobora ortib bormoqda. 

Kecha Argentina, Polsha va Avstraliya pley-off masalasini ijobiy hal qildi. Saudiya Arabistoni termasi vakillari esa ilk turdagi muvaffaqqiyatdan so'ng guruhda qolib ketishdi. Go'yoki Osiyo ertagi yakuniga etayotkandek. Dastavval Eron, kecha tunda esa arablar musobaqani tark etishdi. Navbat kunchiqar yurt vakillarigami? Buni bugun tunda bilib olamiz. Demak, quyida qitadoshlarimiz joy olgan "E" guruhi intrigalariga to'xtalamiz.



Ko'rib turganingizdek, guruhda ispaniyaliklar 4 ochko bilan etakchi bo'lsa, keyingi o'rinlarni Yaponiya va Kosta-Rika termalari bir-xil 3 ochko bilan band qilishgan. Yaxshi yurmayotgan "nemis mashinasi" esa so'nggi pog'onada. Yaponiyaliklar ilk turda Germaniyani sensacion tarzda mag'lub qilgach, ulardan ko'p narsa kutilgandi, ammo 2-turda Kosta-Rikadan uchralgan alamli mag'lubiyat kunchiqar yurt vakillarini qiyin vaziyatga solib qo'ydi. Endi so'nggi turda ular turnir favoritlaridan biri Ispaniya sinovidan o'tishlari kerak bo'ladi. Kosta-Rika Germaniya bilan o'ynashini hisobga olsak, ispaniyaliklarga durang ham etarli bo'lar. Xo'sh, Enrike yaponiyaliklarga qarshi qanday o'yin uslubini tanlaydi? Etakchilarga dam beradimi yoki asosiy kuch o'yinga tashlanadimi? Kecha ikkinchi tarkib bilan o'ynagan franciyaliklarning Tunisga mag'lub bo'lishi katta ehtimol ispaniyaliklarga ogohlik qo'ng'irog'i bo'lib xizmat qilgan bo'lsa ajabmas. 



Ehtimollik nazariyasiga asoslansak, kichik hisobdagi mag'lubiyat ham Ispaniyani keyingi bosqichga olib chiqadi, faqat nemislar Kosta-Rikaga mag'lub bo'lmasliklari kerak. Yaponiya qarshi hujumda o'ynasa, yaxshiroq ko'rinmoqdi. Ilk turda aynan shu yo'sinda g'alabaga erishildi. Ikkinchi turda esa birinchi raqamli jamoa bo'lib harakat qilib Kosta-Rikaga mag'lub bo'ldi. Luis Enrike o'z uslubiga sodiq qoladigan murabbiy ekanligini inobatga olsak, Yaponiya katta ehtimol ikkinchi jamoa bo'lib o'ynaydi va omadini qarshi hujumlardan izlaydi. SHu tomondan ular o'ta xavfli. Ispaniyaliklar vaziyatga jiddiy yondashishmasa, ilk turdagi Germaniyaning holiga tushib qolishlari hech gap emas. 



Yakuniy turda intriga ko'proq Ispaniya – Yaponiya qarama-qarshiligida. Kosta-Rika xususida avval aytganimdek, ular musoboqaning eng kuchsiz jamoasi va yakunda Germaniyadan yirik hisobda mag'lub bo'lsa kerak. Ha yana bir malumot: Ispaniya – Germaniya o'yini so'ngida Antonio Ryudiger klubdoshi Dani Karvaxaldan Yaponiyani yutib berishni so'ragan. Enrike kuchli raqib Germaniyani guruhda qoldirib ketish haqida o'ylayotgan bo'lishi ham mumkin. Ko'ramiz va kuzatamiz. Barchasi bugun tunda hal bo'ladi.


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика