So’nggi yangiliklar

10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  0 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  0 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  2 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  3 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  10 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  5 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  18 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  6 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  4

Engilmas "Nasaf", Gevorkyan va Arslanmirat haqida Yangiliklar

Engilmas "Nasaf", Gevorkyan va Arslanmirat haqida

"Nasaf" bugun OFK kubogi Markaziy Osiyo mintaqasining finalida Ashxabodning "Ahal" klubiga qarshi maydonga chiqadi.

Bu bahs Ro'ziqul Berdiev uchun klub boshqaruvida qita miqyosidagi 32-si bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00'da start oladi.

Nasaf Qarshi

AFC Cup Final Stage . 1/8-tur

25/08/2021, 21:00

2
:
3
Tugadi

Ahal

45'
90'

Etiborli jihati, Qashqadaryo klubi 2018 yilning mart oyidan beri xalqaro maydonda mag'lubiyatga uchragani yo'q. So'nggi 5 o'yinning 4tasi "Nasaf" foydasiga hal bo'lgan, 1 ta durang ("Persepolis" bilan). 

Oxirgi mag'lubiyat bundan 3 yil avval Dohada qabul qilib olingan edi:

Osiyo chempionlar ligasi. C guruh, 4-tur

"As-Sadd" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston) 4:0

Gollar: 1:0 - 3 Xavi, 2:0 - 15 Abdulkarim Hasan, 3:0 - 43 Bag'dod Bunedja, 4:0 - 70 Jugurta Hamrun.

“As-Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan CHeran (20.Islom Kenjaboev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Jasur Hasanov 45.

Umid qilamizki, "ajdarlar"ning 5 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi bugun ham davom etadi.

"Nasaf" turkman klublaridan hech qachon gol o'tkazib yubormagan!

SHubhasiz, o'yin oldidan Berdiev jamoasi mutlaq favorit. Tarixga nazar solsak, "Nasaf" Turkmaniston klublariga umuman mag'lub engilmaganiga guvoh bo'lamiz (3 o'yin, 3 g'alaba).

01.09.2001. "Kopettog'" (Ashxobod) 0:1 "Nasaf" (Qarshi)

Gol: SHuhrat Toshpo'latov

07.09.2001.  "Nasaf" (Qarshi) 3:0 "Kopettog'" (Ashxobod) 

Gollar: Bahrom Haydarov, SH.Mamajonov, Zafar Xolmurodov

20.05.2021. "Nasaf" (Qarshi) 2:0 "Oltin Asr" (Ashxabod)

Gollar: SHohmalik Komilov. Husayin Norchaev

Yuqoridagi o'yinlarda qo'shnilarimiz vakillarining "Nasaf" darvozasini umuman ishg'ol qilolmaganini ham alohida takidlash kerak.

Eng qimmat futbolchilar

"Ahal" tarkibidagi o'yinchilar orasida transfer bahosi eng yuqori bo'lgani siz yaxshi tanigan Arslanmirat Amanov hisoblanadi. "Nasaf"da esa Abduvohid Nematov hamda Umarbek Eshmurodov.

Eng tajribali

"Nasaf" tarkibida xalqaro o'yinlarda eng ko'p ishtirok etgan futbolchi Bahrom Abdurahimov hisoblanadi. 32 yoshli yarim himoyachi hisobida OCHLda o'tkazilgan 12 o'yin bor.

Gevorkyan va Amanov borasida

Saytimiz kuzatuvchilari 2011-15 yillarda "Nasaf" sharafini himoya qilgan Gevorkyanning bugungi o'yinda ishtirok etish, etmasligiga qiziqishdi. Yo'q, Artur Qarshiga tashrif buyurmadi. U o'tgan mavsum yakunida futbolchilik faoliyatiga nuqta  qo'ygan edi. 

SHuningdek, oxirgi 6 yilni O'zbekiston chempionatida o'tkazgan Arslanmirat Amanov ham oilaviy sabablari tufayli Qarshiga etib kelmadi. Eslatib o'tamiz, u yaqinlarining sog'lig'i bilan muammo yuzaga kelgani uchun iyul oyining oxirida "So'g'diyona"ni tark etib, "Ahal" tarkibiga borib qo'shilgan edi.

"Ahal"dagi tanishlar

Bugun Ashxobodliklar tarkibida o'zbek futboli muxlislariga begona bo'lmagan bir qancha o'yinchilar maydonga tushishi mumkin. Bular:

Didar Durdiev ("Mashal")

Elman Tagaev ("Andijon", "Navbahor")

Abdi Bashimov ("Qizilqum")

Uchrashuvni saudiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi

“Nasaf” (O'zbekiston) – “Ahal” (Turkmaniston)

Bosh hakam: Muhammad Xolid Al Hoish (Saudiya Arabistoni)

Qanot hakamlari: Abdulrahim Habib Alshammari (Saudiya Arabistoni), Yosir Abdulla Alsulton (Saudiya Arabistoni).

Zaxira hakami: Xolid Solih Alturais (Saudiya Arabistoni)

Nazoratchi: Hussain G'adanferi (Quvayt)

Tibbiy va infekciya nazorati oficeri: Farrux Avezov (Tojikiston)

Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston).

Mahalliy koordinatorlar: Jahongir Rahmatullaev, Zoxirjon Akramxonov.

Eslatma! Bugun Qarshidagi “Markaziy” o'yingohga muxlislar kiritilmaydi.

Akmal SHorahmedov nega Superligani emas, "Neftchi"ni tanladi?

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика