So’nggi yangiliklar

12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  7 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  12 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  6 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  18 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7

Eng qimmat mashina, tepalikdagi uy va biznes. Ronaldu Turinda qanday yashayapti? Yangiliklar

Eng qimmat mashina, tepalikdagi uy va biznes. Ronaldu Turinda qanday yashayapti?

Tepalikdagi uy va mavsumlar oralig'idagi oila bilan tatil.

Bir yil oldin Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga CHempionlar ligasida zafar quchishda yordam berish uchun Turinga ko'chib o'tdi. 34 yoshli hujumchining g'alaba va rekordlari haqida ko'p yozamiz. Ammo bu materialda portugaliyalik futbolchi qiz o'rtog'i Jorjina Rodriges va to'rt farzandi bilan qanday yashayotganini aytib beramiz.


UY

Ronaldu "Yuventus"ga o'tishi bilan oilasi uchun o'zi uy izlashni boshladi. Italiya OAV bergan malumotlarga ko'ra, Krishtianu bir necha variantlardan voz kechgan va shaharning markazida joylashgan tepalikdagi qimmatbaho uyni tanlagan. U erga faqat xususiy yo'l orqali kirib borish mumkin. Uning villasi daraxt va o'simliklar yordamida begona ko'zlardan berkitilgan. Aytishlaricha, Ronalduning Turindagi uyi Madriddagiga o'xshagani uchun futbolchi aynan shu villani tanlagan. Unda sakkizda yotoqxona, to'rtta vannaxona va katta oynalar mavjud. Hujumchi zamonaviy arxitektura va dizaynerlik mebellarini yaxshi ko'radi.

Ronaldu ijaraga olgan hudud sal kam 1 gektarni tashkil qiladi. Jahon yulduzining villasida basseyn va trenajer zali bor. Uy oldida katta bog' joylashgan, portugaliyalikning bolalari bog'da sayr qilishni yaxshi ko'rishadi. Xizmatchi va mehmonlar uchun ham uy mavjud. Aytgancha, portugaliyalik o'zi bilan birga bosh-oshpaz, dietolog va fizioterapevtni ham olib kelgan. Hududga ikkita yo'l orqali kirish mumkin, ikkala tomonga soqchilar qo'yilgan.

Bu Turinning elit tumani hisoblanadi, shu sababli portugaliyalikning qo'shnilari ham mashhur insonlar. O'sha "boylar mahallasi"da "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli istiqomat qiladi. Bundan tashqari shou-biznez vakillari, katta kompaniya rahbarlari va boy arxitektor hamda rassomlar ushbu hududda yashashadi.


AVTOMOBIL VA SAMOLYOT

Krishtianu maydonda tez harakatlangani kabi trassada ham katta tezlikni yaxshi ko'radi. Oldinroq, portugaliyalik Bugatti La Voiture Noire mashinasini sotib olgani elon qilingan edi. Bu tulporning narxi 11 mln. evro. Ushbu model Franciya kompaniyasining 110 yilligiga bag'ishlangan. Maksimal tezligi 420 km/soat.

Bundan tashqari Krishtianuning shaxsiy samolyoti bor - Gulfstream G650. Bu uchoqning taxminiy narxi 31,7 mln. evro. "Uchadigan kvartira"da divanlar, oshxona va vannaxonalar mavjud. SHunday ekan, har bir parvozdan rohat olasiz.


BIZNES

Ronaldu biznesda turli yo'nalishlarga qiziqadi. U CR7 brendi ostida kiyim, uy va tatil uchun tovarlar ishlab chiqaradigan kompaniyaga egalik qiladi. Bu biznes har yili 6-10 mln. evro miqdorida daromad keltiradi.

Krishtianu Pestana Hotels mehmonxonalar tarmog'iga ham investiciya kiritgan. Madrid, Lissabon, Madeyra va Nyu-Yorkdagi mehmonxonalarni ishga tushirish uchun 37 mln. evro sarflandi. U ushbu tarmoqning 50% akciyalariga egalik qiladi. Keyinroq bu brend Crunch firmasi bilan hamkorlikda trenajer zallarini ochdi.

O'tgan yili Braziliyada "Donna Dolores" (futbolchi onasining ismi shunday) nomli restoranlar tarmog'i yaratilishi haqida elon qilingandi. Bir necha oy oldin esa Ronaldu soch ko'chirib o'tkazish bo'yicha Ispaniyada klinika ochdi. Portugaliyada 10ta klinika bor, ular 35 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko'rsatishdi, bitta operaciyaning narxi 4-7 ming evro atrofida.

Bundan tashqari, "Yuventus" yulduzi turli reklama shartnomalaridan katta daromad oladi. Hamkorlar orasida soat ishlab chiqaruvchi mashhur brend mavjud. Ronaldu Manchesterdagi matbuot-anjumaniga 2 mln. evro turadigan soatda tashrif buyurdi.



OILA BILAN TA'TIL

Ronaldu mavsumni ikki ajoyib g'alaba bilan yakunladi. A Seriyada chempion bo'ldi va Millatlar ligasi g'olibiga aylandi. SHundan so'ng u bolalari va Jorjina bilan tatilga yo'l oldi. Malumotlarga ko'ra, futbolchining oilasi bir hafta Kosta-Navarinoda dam olgan. Greciya kurortida bir kun xordiq chiqarish 8 ming evroni tashkil qilgan. SHunga qaramay futbolchi xizmat ko'rsatishdan mamnun bo'ldi va choy-chaqa sifatida 20 ming evro tashlab ketdi. SHundan so'ng Ronalduning oilasi tatilni Franciya sohillariga ko'chirdi. 

Mavsumlar oralig'idagi tatil maroqli o'tgan ko'rinadi. Krishtianu Ronaldu yangi mavsumda rekordlarni yangilashga tayyor. Keyingi maqsad - oltinchi "Oltin to'p" va CHempionlar ligasidagi g'alaba.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика