So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Eng ko'p jarohat oladigan 11 futbolchi Yangiliklar

Eng ko'p jarohat oladigan 11 futbolchi

Faoliyati lazaretda davom etayotgan 11 futbolchi haqida.

Futbolchining ashaddiy dushmani - raqiblar emas, jarohatdir. Aynan ushbu jihat futbolchini har doim jismoniy holati darajasini tushirib yuborishiga sababchi bo'ladi. Biz hozir ko'p jarohat oladigan futbolchilar bilan tanishtiramiz.

VENSAN KOMPANI

Belgiyalik yarim himoyachi yangilangan "Manchester Siti"ning g'alaba timsoliga aylandi. Aynan u jamoasiga chempionlikni keltirgan golni "Manchester Yunayted" darvozasiga kiritdi. Biroq u o'tmishda qolib ketdi. Futbolchi so'nggi 3 yilni lazaretda o'tkazmoqda. 25, 14 va 11 - ko'ryapsizmi, u so'nggi 3 mavsumda shuncha uchrashuvda maydonga tushdi. Bu mavsumda Kompani yana shifoxonada davolanmoqda. U Angliya liga kubogi finalida jarohat oldi, biroq Gvardiola bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

TOMAS VERMALEN

Tomas "Barselona"ga 2014 yilda o'z ampluasida ko'p vadalar bilan transfer qilingan futbolchi bo'lgan. Uning shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan. Ikki yilda belgiyalik futbolchi Primeroda 11 uchrashuvda maydonga tushdi va "Roma"ga ijaraga berildi. Biroq Rimda u ko'p jarohat oldi.

"Barselona" yozda himoyachini sotib yubora olmadi. Biroq u kutilmaganda jamoa uchun kerakli futbolchiga aylandi. Tomas bu mavsumda 10 uchrashuvda maydonga tushdi.  Hozircha u sog'lom.

ABU DIABI

2013dan 2016 yilga qadar Diabi "Gipsli to'p" sovrinini qo'lga kiritgan. Bu sovrin har doim jarohat sababli eng ko'p uchrashuvni o'tkazib yuborgan futbolchilarga taqdim etilardi. "Yangi Vieyra" baribir yuqori saviyali futbolchi. Biroq uning o'yinini tomosha qilish juda og'ir. 9 yilda u "Arsenal" tarkibida 122 uchrashuvda maydonga tushdi va "Marsel"ga transfer qilindi. Franciyada u 3 yilda 5 bahsda o'ynadi.

VIKTOR FAYZULIN

Abu Diabining biroz boshqacharoq ruscha varianti. Fayzulin 2015 yilda yo'qolib qoldi. Biroq hozircha u haqida rasmiy malumot paydo bo'lmadi. 2015 yilning yozida "Zenit" Viktor bilan shartnomasini 2018 yilga qadar uzaytirgandi. O'sha yili u Rossiya termasi "radar"lariga tushmay qoldi.

Bu futbolchi jurnalistlarni yoqtirmasdi, shu boisdan o'z sog'lig'i haqida malumot bermadi. 2017 yil yanvarida uning jarohatdan tuzalayotgani aytilgandi. Ammo u hali ham yo'q.

MARAT IZMAYLOV

Izmaylov hali rasman faoliyatini yakunlamagan, shu boisdan ro'yxatga u ham kiritildi. Marat - Rossiya futbolidagi eng texnikasi yuqori futbolchilardan biri, biroq juda ko'p jarohat oladi. Besh yil davomida Marat "Sporting" tarkibida jarohati sababli 60dan oshiq uchrashuvda maydonga tushmadi. SHu boisdan uning darajasi "Portu"ga transfer bo'lishga etmadi. SHu boisdan uning faoliyatida o'sish kuzatilmadi va "Ararat" tarkibiga borib qo'shildi. Yarim yildan keyin bu jamoa bilan xayrlashdi.

SAMIR NASRI

Franciyalik yuqori texnika sohibi "Arsenal"ning asosiy yulduziga aylangandi. "Manchester Siti" bilan uchrashuvda u jiddiy jarohat oldi va faoliyatida keskin pasayish kuzatildi. U jami 28 marta jarohat oldi. 2016 yilda esa uni antiqa davolashdi - vitoterapiya va qonni qayta quyish. UEFA vakillari undan doping namunalarini topishdi va futbolchini 6 oyga diskvalifikaciya qilishdi.

JEK UILSHIR

Uilshir - Angliya terma jamoasi va "Arsenal"ning asosiy futbolchilaridan biri. Angliyalik futbolchi Arsen Venger qo'l ostida 2008 yilda debyut qilgan. Hech kim uni 10 yildan keyin ham jamoa uchun kerakli futbolchi bo'lishi haqida o'ylab ham ko'rmagandi. Jek - metin irodali insonlardan biri. Faoliyati davomida 24 bora jarohat olgan. Bu mavsumda u "Arsenal" tarkibida ishonchli o'yin namoyish etgan holda yana milliy terma safiga qaytdi. Biroq terma tarkibida yana bir bor jarohat oldi.

DANIEL STARIJ

Starij - muntazam jarohatlar girdobida yuradigan futbolchilardan biri. Uning tibbiy daftarchasiga qaraydigan bo'lsak, tanasining deyarli barcha azolaridan jarohat olgan - bel, to'piq, tizza... 2015 yilda uning tizzasi bilan muammolari kuzatildi. "Liverpul" muxlislari esa uni 13/14 yilgi mavsumdagi chiroyli o'yinlarini eslaydi. O'shanda Starij Suares va Sterling bilan birgalikda Premer-ligada porlagandi, biroq baribir sovrinsiz qolgandi.

Daniel yozda "Vest Bromvich" tarkibiga ko'chib o'tdi. Starij APLning eng yomon jamoasi tarkibida yana jarohat olib, mavsumning bir qancha qismini o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi.

MARKO ROYS

Jarohat olish deganda ko'pchilik bu futbolchini yodga oladi. Roys - Germaniya futbolining eng iqtidorli vakillaridan. U har doim jarohat oladi, shu boisdan terma bilan so'nggi ikkita katta turnirni o'tkazib yubordi. Oldingi JCHga yaqin qolganida u jarohat oldi, Evro-2016 vaqtida lazaretda bo'ldi. Hozircha uning Rossiyadagi mundialga borishi ham so'roq ostida.

AREN ROBBEN

Bundesliganing eng yorqin futbolchilaridan biri. Uning faoliyati ideal darajada. "CHelsi", "Real" va "Bavariya" bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Ikki marta termasini JCH medallari sari etaklagan. Agarda u ko'p jarohat olmaganida, albatta, "Oltin to'p"ga ega chiqqan bo'lardi. "Real"da jiddiy jarohat olganida shifokorlar unga aniq tashxis berib, davolay olishmaganida, Robbenning faoliyati o'sha paytdayoq tugashi mumkin edi. U ikki marta tizzaosti sohasini sindirib olgan, ikki oyog'i tizzalarini jarohatlagan, uning sog' joyi deyarli qolmagan. Dahshat! Futbolchining baxtiga "Bavariya" shifokorlari uning sog'lig'ini bir meyorda ushlab turibdi. Agarda shu ketishda bo'lsa, Robben yana bir ikki yil yaxshi saviyada o'ynay oladi.

GARET BEYL

Uelslik futbolchi Angliya futbolining eng yorqin vakiliga aylanishga ulgurmadi. Tezda "Real"ga transfer bo'lib ketdi. "Tottenxem" tarkibida u mashinaga aylandi. Biroq Madrid hayoti unga umuman boshqacha tasir qildi. Beyl Ispaniyada 20dan oshiq jarohat oldi. Bel, churra, mushaklarni cho'zib olish - Garetning "ortidan quvadi". Statistikaga ko'ra, Beyl "Real"ning har uch uchrashuvini o'tkazib yubormoqda.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика