Emre Jan: "Yosh o'yinchilar katta maoshni eshitib aqldan ozishyapti, "Yuventus"da ham bunday futbolchilar yo'q emas"
18 noy 2019 21:30
Yangiliklar


Emre Jan: "Yosh o'yinchilar katta maoshni eshitib aqldan ozishyapti, "Yuventus"da ham bunday futbolchilar yo'q emas"
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan yuqori maoshlar yosh o'yinchilarning boshlarini aylantirib qo'yayotganini qayd etdi.
"Ko'plab istedodlar o'z salohiyatlariga bog'lanib qolganini ko'rish achinarli. Buni men tushunmayman. Ularga faoliyatlarini juda mashhur mutaxassislar bilan qurish imkoniyati taqdim etilsa-da, ular o'zlarini yomon tutishadi. Noto'g'ri ish qilishayotganini tushunisharmikin-a?! "Yuventus"da ham bueday o'yinchilar yo'q emas. Ular bilan naplashib turaman va to'g'ri xulq-atvor muhim ekanligini tushuntirishga harakat qilaman. Bazilari haligacha tushunishmaydi. Bunda yuqori maoshni ham ayblash mumkin. "Yosh o'yinchilar katta maoshni eshitib aqldan ozishyapti. Bu paytda nima uchun ular nimadirni isbotlashi va mashg'ulotlarda o'zlarini qurbon qilishlari kerak?", — deydi Jan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar