Emmanuel Adebayor: “Suonsi” ustidan g'alabaga erishish shart edi”
21 jan 2014 11:12
Yangiliklar


Emmanuel Adebayor: “Suonsi” ustidan g'alabaga erishish shart edi”
“Tottenxem” klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor, “Suonsi” ustidan erishilgan g'alabaning (3:1) muhimligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Musobaqa etakchilarga bosim o'tkazish uchun “Suonsi” ustidan g'alabaga erishishimiz shart edi.
Buni amalga oshirish esa oson bo'lmadi. Avvalida sekin o'ynaymiz, biroq o'ynimizni topib olgach bizni to'xtatish qiyin bo'ladi. “Suonsi” mana shuni o'zida sinab ko'rdi.
“Tottenxem” ajoyib o'ynadi. Ko'plab vaziyatlarni hosil qilgan bo'lsakda, o'shalardan 3 tasini gol bilan yakunlashga erishdik.
Gol urayotganimdan mamnunman. Endi “Manchester Siti”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak”, - deydi Adebayor.

Fikrlar