Emiliu Peyshi: "O'zbekiston turnir favoritlaridan biri hisoblanadi"
21 apr 2024 11:30
Yangiliklar
Emiliu Peyshi: "O'zbekiston turnir favoritlaridan biri hisoblanadi"
"O'zbekiston kuchli jamoa va turnir favoritlaridan biri sanaladi.
Bu kabi turnirlarda qatnashish futbolchilarimiz uchun tajriba orttirishga va kelajakda kuchki jamoa shakllantirishga xizmat qiladi.
Kuchli jamoa shakllantirish uchun ko'proq ishlashimiz kerak. Beshta gol o'tkazib yuborish biroz ko'ngilsizlik olib keldi, biroq Malayziyaga qarshi o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
Raqib xavfli hujumlarini cheklash maqsadida himoyaviy taktika ishlab chiqqandik, ammo o'yin mobaynida ko'p xatoga yo'l qo'ydik.
Ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin namoyish etdik, biroq O'zbekiston bo'shliqlardan unumli foydalanib, yana bir necha bor darvozamizga to'p kiritdi", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonga qarshi mag'lubiyatdan so'ng Kuvayt musobaqa bilan erta xayrlashdi. Jamoa 3-turni Malayziyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar