Emeri: "Umuman olganda biz yaxshi o'ynadik"
25 avg 2019 11:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/514249_original.jpg)
![](/upload/storage/514249_220.jpg)
Emeri: "Umuman olganda biz yaxshi o'ynadik"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"dan 1:3 hisobida uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Birinchi bo'limni biz kollektiv o'tkazdik. Himoyadan hujumga o'tishda yaxshi harakat qila oldik. Ikkinchi bo'limda esa penaltini osonlik bilan ishlab berdik. 2:0dan keyin ham o'zimizni yaxshi his qilayotgandik. Futbolchilarning o'yinini ko'rib, optimistik ruxni saqlab qolishni istayapman. To'pni ushlab turish va bosimdan chiqib ketish borasida ishlash kerak. Umuman olganda yaxshi o'yin o'tkazdik.
Hayotga real ko'z bilan qarasak, biz "Liverpul" darajasiga yaqin kela olishimiz mumkin. To'g'ri, natija borasida oqsaymiz. Biroq o'yin davomida biz yaxshi hususiyatlarimizni ko'rsata oldik", - dedi Emeri.
O’xshash yangiliklar
07:35
O'rtoqlik uchrashuvlari. Arsenaldan kamdek, Manchester klublarida mag'lubiyat va boshqa natijalar 3
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar