Elmira Gulyamova: "CHempionatni yuqori kayfiyatda yakunlashga harakat qildik"
18 noy 2021 19:45
Yangiliklar
Elmira Gulyamova: "CHempionatni yuqori kayfiyatda yakunlashga harakat qildik"
Ayollar Oliy ligasi 23-turidan o'rin olgan "So'g'diyona-W" – "Bunyodkor-W" (0:1) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Elmira Gulyamova o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin menga yoqdi, juda shiddatli kechdi. Omad bizning jamoaga kulib boqdi. “So'g'diyona-W” ham gol urish uchun qulay vaziyatlar yaratdi.
CHempionatni yuqori kayfiyatda yakunlashga harakat qildik. O'z o'yinimizni ko'rsatdik. G'alaba qozonish maqsadimiz edi, bunga erishdik.
2021 yilgi mavsum og'ir kechdi. Ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdik. Mavsum tugamoqda. Kubok finali uchrashuvi qoldi. Undan keyin malum muddat dam olib, keyingi mavsum rejalarini tuzamiz", – dedi mehmonlar ustozi.
Fikrlar