So’nggi yangiliklar

20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  1 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  11 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  3 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  3 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7

Elman Tagaev: "Neftchi"ga kelishdan oldin etarlicha malumotga ega edim" Yangiliklar

Elman Tagaev: "Neftchi"ga kelishdan oldin etarlicha malumotga ega edim"

Yanvar oyining so'nggi ko'nlarida "Neftchi" lagerida yangi legioner futbolchi paydo bo'ldi.
Bu turkmanistonlik Elman Tagaevdir. 1989 yili Turkmanistonda tug'ilgan futbolchining shu kunga qadar mahalliy Ashxaobod va Ozarboyjonning Azal klublarida o'ynagani haqida malumotlar bor. Murod Ismoilov ushbu yarim himoyachini Hokim Kubogi-2014 bahslarida sinab ko'rmoqda. Kuni kecha Farg'onaga qilgan safarimiz chog'ida Tagaev bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Elman, avvalo Farg'onaga xush kelibsiz. Aytingchi, "Neftchi" yig'iniga qo'shilishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Bu erga men o'zbekistonlik futbol agenti SHarif Umarov orqali keldim. Hozircha ko'rikdan o'tmoqdaman.

- Jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Menga yoqdi. Yigitlarning bir-biriga bo'lgan munosabatlari alo darajada ekan. Ilk kunimdanoq meni yaxshi kutib olishdi. Qisqacha aytganda, yangi muhitga moslashib olishda ortiqcha muammoga duch kelmayapman.

- Bilsangiz Turkmanistondan ko'plab hamyurtlaringiz har yili bizning chempionatda o'zlarini sinab ko'rishadi. Oldingizda "Neftchi" varianti paydo bo'lganida, birorta hamyurtingizdan klub haqida so'radingizmi?
- Ha, albatta. O'zbekiston klublarida o'ynayotgan turkmanistonlik futbolchilar bilan aloqalarim yaxshi. Farg'onaga kelishdan oldin internet orqali ham "Neftchi" xususida etarlicha malumotga ega bo'ldim.

- Sir bo'lmasa, ayni paytda yurtimizdagi klublarda o'ynayotgan qaysi futbolchilar bilan gaplashib turasiz?

- Agarda hamyurtlarimni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, shuni aytishim mumkinki, Artur Gevorkyan va Maqsatmurod SHomurodov bilan doimiy aloqalarim mavjud. Ular bilan ham bu borada maslahatlashdim. Ikkisi ham "Neftchi" haqida iliq fikrlarni aytishganida, narsalarimni yig'ishtirdimda, yurtingiz tomon otlandim.

- Yuqorida "Neftchi" menga yoqdi deb aytdingiz. Bu jamoada qolish imkoniyatingizni necha foizga baholaysiz?
- To'g'risini aytsam, bu borada aniq bir nima deya olmayman. Bu erga ko'rikdan o'tish uchun keldim. Imkon qadar "Neftchi"da qolish uchun men o'zimdan ijobiy taassurot qoldirishga xarakat qilaman. Qolgani murabbiyga bog'liq.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика