Ellardays o'yin vaqtida hakamlarga "pora taklif qildi"
22 may 2023 13:45
Yangiliklar
Ellardays o'yin vaqtida hakamlarga "pora taklif qildi"
"Vest Xem" APL navbatdagi turida o'z uyida "Lids"ni mag'lub etdi (3:1).
Uchrashuvning eng yorqin vaziyatlari biri esa mehmonlar bosh murabbiyi Sem Ellardays ishtirokida yuz berdi. O'yinning 25-daqiqasida murabbiy texnik hudud burchagida 5 funt sterling qiymatga ega kupyurani ko'rib qoladi. Tajribali murabbiy bu pulni to'rtinchi hakam Endryu Medliga bermoqchi bo'ldi. Hakam xazil tariqasida Ellardaysni turtib yubordi va undan o'z hududiga qaytishni so'radi.
Bundan so'ng Sem pulni yordamchisi Karl Robinsonga taklif qildi, ammo u ham pulni olishni istamadi. SHunda, Ellardays kulib yubordi va pulni cho'ntagiga solib qo'ydi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar