So’nggi yangiliklar

14:35Абдуқодир Ҳусановнинг "Реал"га қарши ўйини таҳлили  5 14:05U-20 Осиё кубоги. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум: Корея Республикаси - Ўзбекистон учрашуви қачон бўлади?  6 13:54U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистоннинг чорак финалдаги рақиби маълум бўлди  3 13:32Ана холос! МЮ Рубен Аморимни ишдан бўшатади  9 12:58Яна Мбаппеми? Ла Лига ойнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  6 12:23"Пахтакор" "Ал Ҳилол"га қарши қачон ўйнайди?   9 11:49Ла Лигада ойнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  31 11:30Салоҳ "Ливерпул"да Суареснинг рекордини янгилади  18 10:59Ўтган мавсум «Насаф» билан чемпион бўлган футболчи «Шўртан»да  1 10:35Беллингемга қизил берган ҳакам беш йилгача футболдан четлатилиши мумкин  61 10:13Анчелотти: «Бугун жамоа мукаммал ўйнади»  14 09:52Месси фаолиятидаги энг совуқ учрашувини ўтказди  20 09:23Ўзбекистон U-16 терма жамоаси навбатдаги йирик ғалабани қўлга киритди  0 08:55Ҳусанов бундай натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчига айланди  40 08:28EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  5

Elit OCHL. Ikki futbolchi chetlatilgan o'yinda "Paxtakor" "Al Sadd"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Elit OCHL. Ikki futbolchi chetlatilgan o'yinda "Paxtakor" "Al Sadd"ni mag'lubiyatga uchratdi

Elit OCHL liga bosqichining so'nggi tur uchrashuvidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Sadd" uchrashuvi yakunlandi.

OFK Elit Chempionlar Ligasi. 8-tur

"Paxtakor" – "Al Sadd" (Qatar) 2:1

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Shon Evans (Avstraliya)

Yordamchi hakamlar: Jorj Lakrindis, Ouen Goldrik (ikkalasi – Avstraliya)

To'rtinchi rasmiy: Adam Kersi (Avstraliya)

VAR: Katerin Yasevich (Avstraliya)

AVAR: Daniel Elder (Avstraliya)

Hakamlar nazoratchisi: Saad Al Fadhli (Kuvayt)

Komissar: Nox Jin Keun (Koreya Respublikasi)

Gollar: 1:0 – 18, Brayan Riaskos (Flamarion), 1:1 – 37, Hasan Al Haydos (penalti), 2:1 – 56, Brayan Riaskos.

"Paxtakor": 19.Jonatan Luis, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (23.Abdurauf Bo'riev, 80), 17.Doston Hamdamov (99.Ulug'bek Hoshimov, 80), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 87), 94.Brayan Riaskos (45.Bashar Resan, 73).

Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Diyorbek Ortiqboev, 37.Igor Sergeev, 44.Mahmudjon Mahamadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

"Al Sadd": 1.Saad Al Shib, 8.Ali Asad, 9.Yusuf Abdurisag (19.Rafael Sebastyan Garsiya, 72)10.Hasan Al Haydos, 13.Abdulla Al Yazidi (23.Hoshim Ali, 80), 17.Bulalim Huhi, 18.Gilerme Torres (3.Ahmad Sayyor, 32), 21.Jovani Enrike, 77.Yusuf Atal (79.Musaab Hidir Muhammad, 80), 81.Abdusammad Bunaser, 96.Adam Muhammad Unas.

Zaxira: 22.Mishaal Barsham, 31.Yusuf Abdulloh, 2.Pedro Korreyra, 14.Mustafo Toriq Mashal, 29.Romain Saiss, 37.Ahmad Suhayl.

Ogohlantirish: Sardor Sobirxo'jaev (49), Abdusammad Bunaser (55), Shahzod Azmiddinov (90+8).

Chetlatishlar: Adam Muhammad Unas (64), Sardor Sobirxo'jaev (68).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Biroq keyingi bosqichga yo'l olish uchun boshqa o'yinlar tugashini kutishga majbur.

90+8. Azmiddinov raqib hujumini buzgani uchun ogohlantirildi.

90+5. "Paxtakor" hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Adhamzoda so'nggi pallada zarba yo'llay olmadi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Paxtakor"da yana bir o'zgarish amalga oshirildi.

85. Resanga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

80. Ikkala jamoa tarkibida ikkitadan o'zgarish amalga oshirildi.

78. Bashar Resan chap qanotdan yuqori tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi va burchak zarbasi ishlab oldi.

73. "Paxtakor"da o'zgarish: Riaskos o'rniga Resan maydonga tushirildi.

72. Zarba! Riaskosning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

68. Hakam Sardor Sobirxo'jaevni ham maydondan chetlatdi. Ikkala futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilishiga futbolchilarning sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari sabab bo'ldi.

64. "Al Sadd" futbolchisi Adam Muhammad Unas maydondan chetlatildi. Hakam vaziyatni VAR orqali tekshirmoqda.

63. Jonatan Lukkaga nisbatan raqib jarima maydonida biroz qo'pol o'yin namoyish etildi, biroq hakam o'yinni davom 

61. Flamarionning bosh bilan yo'llagan zarbasini "Al Sadd" darvozaboni egallab oldi.

59. "Paxtakor" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Uzatma Sayyorning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Jonatan Lukkaning jarimadan yo'llagan zarbasi raqib "jonli devor"iga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Riaskos bosh bilan "Al Sadd" darvozasiga joylab qo'ydi!55. Flamarionga nisbatan qo'pollik ishlatgan Abdusammad Bunaser ogohlantirildi. "Paxtakor"da standart vaziyat yuzaga keldi.

49. Sobirxo'jaev markazda Al Xaydosga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

48. Zarba! Flamarion raqib darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatda kuchsiz zarba yo'lladi, shu bois raqib darvozaboni to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

47. Zarba! Riaskosning olisdan yo'llagan aylanma zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi. Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. Shu daqiqada Riaskosning zarbasiga esa aniqlik etishmadi.

42. Zarba! "Paxtakor"ning xavfli hujumi Sobirxo'jaevning zarbasi bilan yakunlandi. Burchak zarbasi.

41. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning burchak uzatmasini raqib darvozaboni qaytara olmadi, ammo Jonatan Lukaa bu vaziyatga zarba yo'llay olmadi.

39. Azmiddinov raqib hujumini qoidabuzarlik evaziga to'xtatdi.

37. GOL! Hasan Al Haydos penaltidan hisobni tenglashtirdi! Qatarlik futbolchi markaz tomon aniq zarba yo'lladi, "Paxtakor" darvozaboni yo'nalishni topa olmadi.


35. Penalti! Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqqach, 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. 

34. Al Haydos "Paxtakor" jarima maydonida yiqildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda.

32. "Al Sadd" tarkibida majburiy o'zgarish amalga oshirildi.

31. Alijonov tomonidan o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Al Shib egallab oldi.

27. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatma natijasida "Paxtakor" futbolchilari tomonidan yo'llangan ketma-ket zarbalar darvozaga qadar etib bormadi.

25. Zarba! Sobirxo'jaevning uzatmasidan so'ng Flamarion bosh bilan zarba yo'lladi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

24. Zarba! Hamdamovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi raqib futbolchisidan maydonni tark etdi.

21. Zarba! Xolmatov tomonidan yo'llangan zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi, biroq hakam hujumda qoidabuzarlik sodir etilganini malum qildi.

20. "Al Sadd" burchak uzatmasi amalga oshirdi, hujum yakunida Jonatan Luis to'pni egallab oldi.

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Flamarionning pasidan so'ng Riaskos to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi!17. Xavfli vaziyat! Hamdamov tomonidan o'ng qanotdan oshirilgan uzatmadan so'ng zarba yo'liga "Al Sadd" himoyachisi to'g'anoq bo'ldi.

15. Riaskosga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. Standart vaziyat esa qatarliklar tomonidan bartaraf etildi.

13. Zarba! Huhi kutilmaganda sirpanib ketib, to'pni yo'qotdi. Riaskosning zarbasi esa rekoshet hosil qilib, maydonni tark etdi.

10. Adhamzoda yon chiziqdan to'pni raqib jarima maydoniga etkazdi, ammo "Al Sadd" himoyachilari vaziyatni bartaraf etdi.

7. Zarba! Mezbonlar tomonidan ketma-ket ikkita xavfli zarba yo'llandi. Alijonovning zarbasini darvozabon qaytargan bo'lsa, Flamarionning urinishi samarasiz yakunlandi.

6. Zarba! Flamariondan to'pni qabul qilib olgan Hamdamov chap oyoqda raqib darvozasining uzoq pastki burchagini nishonga olib ko'rdi, ammo zarbaga aniqlik etishmadi.

5. Maydon markaziga yaqin nuqtadan Flamarion tomonidan fol ishlatildi.

2. Mehmonlarning ilk hujumi xavfli ko'rinish oldi, Abdullaevning xatti-harakati evaziga to'p qaytarildi.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +18   

Fikrlar

+10   
17 fev 21:05:48
Xojakbar Xaitov
Пахтакор хакийкий шерлар жамоаси исботлади
+9   
17 fev 21:04:12
barselona7
Энди Ал Гарафа, Истиқлол ва Персеполисларни мағлубиятга учрашларини кутамиз.
+9   
17 fev 21:03:25
Azamat Turgunov
Ulugbek Hoshimov yoshi 45 ga chiqqanlaga oʻxshab yuguradiye futbalis digan 30 minut yaxshi tezlida yuguromidimi zaxiradan tushvosanu.. Hamdamov tamom boʻpti
+9   
17 fev 20:22:43
Бахтиёр Ашуров
Бу Риаскос - деганида нафақат тезлик ва техник даражаси юри бўлиб қолмай. Жой танлашниям яхши биларкан!
+8   
17 fev 21:02:28
BXZ BXZ
Хаммага галаба муборак энди математика хам Пахтакор фойдасига ишласа яхши бу́ларди .
+8   
17 fev 19:58:26
BXZ BXZ
Пахтакорда интилиш бор лекин пала-партишлик халакит килвотти .Хамдамовда умуман у́йин ноль унга шерик Холматов хам фойдасиз у́йнавотти . Иккинчи бу́лимда Абдумажидов , Мухамаджонов ва Сергеев тушса яхши бу́либ колар хисоб хам .
+7   
17 fev 21:48:32
Murod Xudoynazarov
Пахтакор яхши легионерларни топибти
+6   
17 fev 20:45:00
Bobirjon Abdivaliyev
Riaskos... umuman boshqa darajaku superliga uchun, zór transfer bólibdi lekin. Bunga bitta yaxshi pleymeyker bólsa bormi....
+6   
17 fev 20:34:15
Улугбек Юсупов
Хамдамов бир тийинга киммат уйинчи булиб колибди олдингидан анча пасайибди уйини
+6   
17 fev 19:45:46
Burxon
ZJI ACM foydalanuvchining fikriga javob berish
Yosh bola qilib tashadi Alijonovni 36 yoshli Hasan al haydos yomon xõrladi
Alijonovam neci mata yosh bola qildi ulani, shuniyam yozgin holis bo'lib
+6   
17 fev 19:43:59
barselona7
Агар салгина аниқлик бўлганда камида 3 та гол уриш мумкин эди. Ҳужумда браклар жудаям кўп.
+5   
17 fev 21:22:28
BXZ BXZ
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ас Салому алайкум акахон. Сизгаям ғалаба муборак бўлсин. Энди буёгига саудияни икки жамосини персепрлес ва истиқлолга қарши ўйтнларини кутамиз. Нима буёғига саудия жамоаларига омад!
Ваалейкум ассалом ИншаАллах математика хам бизни фойдамизга ишласин . Сизга хам ва бошка юртимизни мухлисларига хам галаба муборак бу́лсин .
+5   
17 fev 21:15:39
Dima
Alijonovdan master klass. Xamdamov Al sadd uchun oynadi
+5   
17 fev 21:05:05
Xan
Табриклаймиз Пахтакор мухлисларини, қийналиб булсада бир амаллаб ютишди
+5   
17 fev 21:01:04
Абдурахмон Вахобов
ГАЛАБА МУБОРАК БУЛСИН ВА БАРДОВОМ БУЛСИН ИЛОХИМ.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика