So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Elguja Grigalashvili: "Navbahor"ga moslashishda muammo ko'rmayapman. CHunki..." Yangiliklar

Elguja Grigalashvili: "Navbahor"ga moslashishda muammo ko'rmayapman. CHunki..."

SHu kunga qadar yurtimizda "Qizilqum" va AGMK jamoalarida to'p tepgan Elguja Grigalashvili qishki transferlar oynasi vaqtida klubini o'zgartirdi.

Gruziyalik xujumkor yarim himoyachi bu mavsumni "Navbahor"da boshlaydi. Kuni kecha tomonlar o'rtasida rasman shartnoma imzolangani malum qilindi. Elguja Grigalashvili yangi jamoasi, klubini almashtirgani va maqsadlari haqida aytib berdi. 

  "Taklif haqida nima derdim. "Navbahor"dan chorlov bo'ldi, shartnoma imzoladik. Nima bo'lganda ham yaxshi jamoaga kelib qo'shildim. Klubning muxlislariga ortiqcha tarif shart emas. Ularni stadionda ajoyib muhit hosil qilishlarini bilaman. Bunga o'zim bir necha marotaba guvoh bo'ldim",- deydi Elguja Grigalashvili.

 

O'zaro suhbat davomida futbolchi "Navbahor"ning maqsadlari va o'zining istaklari haqida ham aytib o'tdi. U so'zining davomida bu mavsumdan nima kutayotganini yashirmadi. 

- Albatta. Maqsadlar va rejalar katta. O'zimning ham niyatlarim va amalga oshirishni istayotgan rejalarim bor.  U qanday? O'tgan mavsumga qaraganda ko'proq gol urishni xohlayman. "Qizilqum"da ham raqiblar darvozasiga bir nechta to'plar kiritdim. Lekin qoniqish hosil qilganim yo'q. SHuningdek oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. "Navbahor"da etiborimni tortgan asosiy jihat muxlislar va klubning rivojlanish yo'li. 

Ayni paytgacha ichki chempionatimizda faqat ikkita jamoada to'p tepgan Grigalashvili uchun "Navbahor" uchinchi klub hisoblanadi. Gruziyalik to'p tepar yangi jamoasiga moslashishda qiynalmasligini bildirdi. 

- Men O'zbekistonda 5 yildan beri o'ynamoqdaman. Barcha joy tanish. O'zimni begonadek his qilmayman. Do'stlarim, tanishlarim ko'p. SHunday ekan ortiqcha muammo ko'rmayapman. Jamoa bilan faqat oldinga va sovrinli o'rinlarga qarab intilamiz. Ko'ramiz mavsum oxirida qilgan mehnatlarimiz qanday natija berar ekan. 

Namanganliklar ushbu o'yinchini avvalroq qo'lga kiritishga urinib ko'rganmi? Bunga uning o'zi quyidagicha javob berib o'tdi. 

- Bilmadim. Yozda shunday mish-mishlarni o'zim ham eshitgandim. Men o'shanda "Qizilqum" futbolchisi sanalardim. Faqat o'z jamoam haqida o'ylaganman. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика