So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Eldorbek Suyunov: “Restartdan so'ng hech qaysi jamoadan kutilmagan natija yoki sensaciya kutmayapman. CHunki...” Yangiliklar

Eldorbek Suyunov: “Restartdan so'ng hech qaysi jamoadan kutilmagan natija yoki sensaciya kutmayapman. CHunki...”

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Gocha Tkebuchava, Jasur Abduraimov, Piter Xyuistra boshchiligida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Kecha yakuniga etgan galdagi mashg'ulotlardan so'ng “sherlar”ning mahoratli posboni Eldorbek Suyunovga yuzlandik va bo'lajak taqvim, yig'in xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.

“Karantindan keyin hayotimizda bo'lgani kabi futbolda ham o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Ikki oy davomida individual mashg'ulotlarni to'xtatganimiz yo'q. Lekin, futbolda jamoaviy shug'ullanmasangiz sport formangizni ushlab tura olmaysiz. Futbolchilar sekin-asta optimal holatga kirib borishmoqda. Restartdagi birinchi uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Biz hozir oldindagi og'ir taqvimni emas, tezroq chempionat bahslari boshlanishini kutyapmiz. Jahonda o'z ligalarida qatnashayotgan yuqori maqsadlarni qo'ygan klublarda ham taqvim biznikidan ham tig'iz bo'ladi. Biz ham oldimizga yuksak vazifalarni qo'ygan ekanmiz bu narsalar bohona bo'la olmaydi.

Ha, hozirda Denis Ivankov bilan birga shug'ullanmayapmiz. Ibrohim Yilmaz va SHota Arveladze karantin sabab biz bilan birga emas. Bilishim bo'yicha Denis Aleksandrovich “Paxtakor”da qoladi.

Superliga davom ettirilgach hech qaysi jamoadan kutilmagan natija yoki sensaciya kutmayapman. CHunki, ayni paytda barcha bir xil holatda”,- deydi Eldorbek Suyunov.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика