So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  41 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Eldor Suyunov: "Persepolis"ga o'tishim mumkin edi, lekin..." Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Persepolis"ga o'tishim mumkin edi, lekin..."

SHu kunlarda Qarshining “Nasaf” jamoasi BAAning Dubay shahrida o'quv-mashug'ulot yig'inini o'tkazyapti.

Mazkur xorij yig'iniga Ro'ziqul Berdiev 23 nafar futbolchini olib ketgan. Jamoa safiga qo'shilgan yangi futbolchilardan Sanjar Quvvatov, Ildar Mamatkazin va Dilshod Rahmatullaev ham “ajdarlar” bilan birga BAAga yo'l olgan. Ushbu yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Dubayda boshlangan yig'in poytaxt Abu-Dabi shahrida yakunlanadi. Amirliklarga jo'nab ketish oldidan “Nasaf” jamoasi Toshkentda Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo'lib o'tgan va Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi boshqargan uchrashuvda yosh hujumchi Bobur Abduholiqov hamda o'tgan mavsumni yuqori saviyada o'tkazgan himoyachi SHerzod Azamov tomonidan kiritilgan gollar “Nasaf”ning 2:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. Biz ushbu o'yindan so'ng jamoaning birinchi raqamli darvozaboni Eldor Suyunovdan intervyu oldik.

- Eldor, yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik qanday davom etyapti?
- Avvaldan belgilangan reja asosida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Mavsumga tayyorgarlikni dekabrning o'rtalarida Qarshi shahrida boshladik. Engil va tiklanuvchi mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan yig'inimiz o'zimizning bazada o'tkazildi. Yangi yil bayramidan so'ng mashg'ulotlar poytaxtga ko'chdi. Orada uch kun futbolchilarga dam berildi va mana bugun (suhbat 25 yanvar kuni uyushtirilgan, - mual.)Toshkentda yig'ildik, ertaga tongda BAAga jo'nab ketamiz. Guvohi bo'lganingizdek, bugun o'rtoqlik o'yinida “So'g'diyona”ni mag'lub etdik. Murabbiylar shtabi BAAga boradigan barcha futbolchilarga o'ynash imkonini berdi. Endi Amirliklardagi yig'inda kuchaytirilgan rejim ostida shug'ullanamiz. Kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. SHu o'yinlar orqali OCHL va Superkubok uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'ramiz. 


- Bir muddat avval sizga Eronning “Persepolis” klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. SHu rostmi?
- Ha, bu malumot haqqoniy ekanligini tasdiqlayman. Eron klubidan taklif tushdi. Lekin o'sha paytda “Nasaf” bilan shartnomani uzaytirib bo'lgandim. SHu sababli, “Persepolis”ga o'tishim amalga oshmay qoldi.

- O'zingizga qolsa, Eron chempionatiga yo'l olarmidingiz?
- Endi bu haqida gapirishdan foyda yo'q. Bunday imkoniyat menda yana bo'lishidan umidvorman. Oldinda bizni murakkab mavsum kutib turibdi. OCHLninng guruh bosqichida ishtirok etamiz. Oson bo'lmasligi aniq. Qolaversa, O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida o'z unvonimizni himoya qilishimiz kerak. Mamlakat chempionatida ham oldimizga jiddiy vazifalar qo'yilyapti. Mavsumni “Paxtakor”ga qarshi Superkubok o'yini bilan boshlaymiz. Yilni sovrin bilan boshlash yoqimli bo'lardi.

- OCHLdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- Agar o'tgan yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, bu safar guruhimizga kuchli jamoalar tushdi. Saudiya Arabistonining “Al Ahli”, BAAning “Al Ayn” jamoalari ancha jiddiy raqib. Bu arab klublari tarkibida saviyasi yuqori legionerlar to'p tepadi. Pley-offda o'yini g'olibi ham kuchsiz raqib bo'lmaydi. Lekin har qanday holatda ham guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz.

- O'tgan yili “Nasaf” nimchorak finalga chiqishga ancha yaqin kelgandi...
- Afsuski, biroz tajribasizlik hamda omadning etishmaganligi sababli guruhdan chiqa olmagandik. O'shanda to'plar nisbatiga ko'ra guruhda qolib ketgandik. Bundan tegishli xulosalar chiqarildi. O'ylaymanki, bu safar nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.   

- Milliy chempionatimizda ham jamoa oltin medallarni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgandi. Ammo, hal qiluvchi o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar sabab bronza medali bilan kifoyalandi. Bu ham omadsizlik tufaylimi?
- Men bunday demagan bo'lardim. Fikrimcha, biz kubok bahslariga ko'proq urg'u berib yubordik. Buning natijasida klub tarixida ilk bor O'zbekiston kubogi qo'lga kiritildi. Tarix yangilanganidan xursand bo'ldik. 2011 yili “Nasaf” futbolimiz tarixida birinchi marta OFK Kubogida zafar quchgandi. Endi navbat chempionlikka. 


Kamoliddin Alimov

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика