So’nggi yangiliklar

12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  1 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  1 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  1 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  4 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  14 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9 07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  2 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  1 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  22

Eldor Suyunov: “Nasaf” klubi barcha futbolchilarni jamoada olib qolmoqchi” Yangiliklar

Eldor Suyunov: “Nasaf” klubi barcha futbolchilarni jamoada olib qolmoqchi”

Teglar :  Eldor SuyunovNasaf
Qarshining “Nasaf” klubi qishki yig'inni 20 dekabr sanasidan boshlagandi. Kuni kecha “ajdarlar” yig'inning dastlabki qismini yakunlab qisqa muddatli tatilga chiqishdi.
“Dekabr oyining 20-sanasida Qarshida yig'ilgan bo'lsak, barcha jamoalar kabi biz ham jismoniy holatimizga ko'proq etibor berdik. Hozircha jamoada hech qanday o'zgarishlar yo'q.

O'tib borayotgan yilda men uchun hayotda ham, futbolda ham yaxshi va yomon kunlar bo'ldi. Futbolda har doim ham o'ziz istagan narsa ro'y bermas ekan. Bu yil jamoamiz bilan O'zbekiston kubogini o'zimizda saqlab qolishni niyat qilgan edik. Lekin “Lokomotiv” klubi bilan bo'lgan final uchrashuvida mening xatoim tufayli mag'lubiyatga uchradik. Bu tarafdan bu yil omadim kelmadi desam ham bo'ladi. Nasib qilsa yangi 2017 yilda barchasi yaxshi bo'ladi deb niyat qilaman.

Menga nisbatan ayrim klublardan takliflar bor, ular orasida poytaxt jamoalari ham bor. Lekin hozircha hech nima aniq emas. Xorij klublaridan hozircha hech qanday takliflar yo'q. Agarda shunday taklif bo'lsa yaxshi bo'lardi. Xorij klublarida to'p tepish niyatim bor. “Nasaf” klubi murabbiylar shtabi barcha futbolchini tarkibda olib qolmoqchi. Barchasi rahbariyatga bog'liq”, - deydi “Nasaf” posboni Eldor Suyunov.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика