Eldor SHomurodovning transfer narxi yana tushdi
08 iyu 2022 11:05
Yangiliklar


Eldor SHomurodovning transfer narxi yana tushdi
Transfermarkt A Seriyada harakat qilayotgan o'yinchilarning yangi narxlarini elon qildi.
Unga ko'ra, "Roma" hujumchisi Eldor SHomurodov 2 million evroga arzonlashdi. Uning hozirgi bahosi 8 million evroni tashkil etadi.
Qayd etish kerakki, hujumchi Rim klubiga o'tganida uning bahosi 14 million evroni tashkil etayotgan edi.
SHomurodov o'tgan mavsum "Roma" tarkibida A Seriya doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar