Eldor Shomurodovning "Kalyari"da qaysi raqamda o'ynashi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
10 avg 2023, 23:53
"Kalyari" matbuot xizmati jamoa futbolchilarining yangi mavsumda qaysi raqam ostidagi liboslarda o'ynashiga oydinlik kiritdi.

Unga ko'ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov yangi jamoasi tarkibida ham 61-raqamda o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining ushbu raqam ostida o'ynashini 8 avgust kuni ma'lum qilgandik.

O'tgan mavsum "Speciya" tarkibida harakat qilgan Shomurodov A Seriyada 16 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia