So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Eldor SHomurodov: "Yurtimiz shanini munosib himoya qilishga harakat qilaman" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Yurtimiz shanini munosib himoya qilishga harakat qilaman"

"Bunyodkor"dan "Rostov" klubiga o'tgan hujumchi Eldor SHomurodov "qaldirg'ochlar"ga minnatdorchilik bildirdi.

"Assalomu alaykum, qadrli do'stlar, aziz ustoz va murabbiylar, sevimli muxlislarim! Keyingi taqdirimni Rossiya premer-ligasining “Rostov” klubi bilan bog'ladim. Bundan baxtiyorman. CHunki o'zimni premer-ligada sinab ko'rishni juda-juda istagandim.

“Mashal”dan “Bunyodkor”ga yo'l olib adashmadim, aksincha katta o'sishga erishdim. Umuman, futbolning ilk saboqlarini o'rganishimda, xizmatlarini ayamagan va men uchun tramplin bo'lgan "Mashal" klubiga, rahbarlari, murabbiylari, barcha ishchi xodimlariga kattakon rahmat deyman. 

Endi Toshkent klubidan “Rostov”ga o'tdim. O'ylaymanki, bu qarorim ham har tomonlama foydali bo'ladi.

Rossiya premer-ligasiga yo'l olishimda o'z yordamlarini ayamagan barcha insonlarga rahmat deyman. Alohida tashakkurlarimni “Bunyodkor” FK bosh direktori Murod Alievga, bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga bildirmoqchiman. CHunki bu insonlar meni to'g'ri tushunishib, kuchli chempionatda to'p tepish istagimni maqullashdi va qarorimni qo'llab-quvvatlashdi kuchli chempionatdan taklif kelsa klub rahbariyati futbolchining xohish va istaklarini birinchi o'ringa qo'yadi. Menga oq fotiha tilab, Rossiya klubiga o'tishimda ko'mak berganlari uchun ularga yana bir-bor minnatdorchilik bildiraman.

Qadrli do'stlarim, Sizlar bilan ajoyib darvlarni birga o'tkazdik. Yorqin g'alabalar, alamli mag'lubiyatlarda birga bo'ldik. Bunday onlar hayotim zarvaraqlarida unutilmas bo'lib qoladi. Hammasi uchun rahmat.

Aziz muxlislar, Sizlarning ko'magingiz va daldangiz hozirgi paytda men uchun har qachongidan ham muhim. CHunki hayotimda yangi sahifa ochilayotgan palla. Duolaringiz, daldangiz meni yanada kuchliroq qiladi. “Rostov”dagi raqobatda ijobiy hislatlarimni namoyish etib, yurtimiz shanini ruslar diyorida munosib himoya qilishga harakat qilaman.

Hozircha Rossiya maydonlarida “Rostov” libosida o'ynayman. Ishonamanki, 2018 yilda ruslar zaminida O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida ham albatta to'p tepish nasib qiladi" - deb yozadi SHomurodov o'zining "Instagram"dagi sahifasiga.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика