So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  7 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  1 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Eldor SHomurodov: "Yaxshiboevning golidan xursand bo'ldim. Rim derbisidagi mag'lubiyatni unutdik" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Yaxshiboevning golidan xursand bo'ldim. Rim derbisidagi mag'lubiyatni unutdik"

UEFA Konferenciyalar ligasi 2-turi doirasidagi "Zarya" - "Roma" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Rim klubi hujumchisi Eldor SHomurodov qatnashdi.

"Lacio"ga qarshi bahs og'ir o'tdi va biz yutqazdik. Ammo o'sha o'yinni unutdik va olg'a intilishda davom etamiz. Endi faqat "Zarya" bilan o'yin haqida o'ylayapmiz", - deb gap boshladi SHomurodov.

- Hozir hamma o'zbek futboli haqida gapirmoqda. O'z vaqtida "Dinamo" afsonasi Maksim SHackix "Real"ga gol urgan, kecha Yaxshiboev "Real" darvozasini ishg'ol qildi. Hozir futbolda sensaciya ko'payib ketdi. "Zarya" ham sizlarni xayron qoldirishi mumkinmi?

- Hozir futbolda kuchsiz jamoalar yo'q deb o'ylayman. "Zarya"ga qarshi qiziqarli bahs bo'ladi deb o'ylayman. Ular ham, biz ham maydonga g'alaba uchun tushamiz. G'alaba uchun borimizni beramiz.




- Rim derbisida ishtirok etdingiz, taassurotlar qanday? Bunday qiyin bahsdan keyin Konferenciyalar ligasidagi o'yinga tayyorlanish qanday bo'ldi?

- Taassurotlar shunchaki ajoyib. Ayniqsa muxlislar stadionga kelgani alohida ahamiyat kasb etdi. Bungacha boshqa derbilarda qatnashganman ammo ularda muxlislar yo'q edi. Bu - futbol, unda istalgan narsa bo'ladi. O'sha mag'lubiyat haqida ko'p o'ylamaymiz va barchamiz "jahldormiz". "Zarya" bilan bahsga bor etiborimiz qaratilgan.

- Ukrainada oldin bo'lganmisiz? Bu mamlakat haqida qanday fikrdasiz?

- Yo'q, Ukrainaga oldin kelmaganman. Ilk bor kelishim. Ukraina terma jamoasi kuchli va futbolchilari ham ancha kuchli.




- Barcha sizni hozir o'zbek futbolining yorqin yulduzi deb hisoblaydi. Ammo kecha Jasur Yaxshiboev bu nomni sizdan olib qo'ygandek tuyuldi. Uning golidan xayron qoldingizmi?

- Yaxshiboevning golini ko'rib albatta xursand bo'ldim. U gol urdi va "Real"ni mag'lub etishdi. Ammo o'zimni yulduz deb hisoblamayman. Balki bu erda ko'pchilik bilmas O'zbekistonda yaxshi futbolchilar ko'p va ular yulduz hisoblanadi.

- "Roma"ga tez moslashib ketdingiz va ajoyib samaradorlik ko'rsatayapsiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Sabablaridan biri bundan oldin Italiyada bir yil "Jenoa"da o'ynadim. "Roma"ga o'tganimdan keyin esa futbolchilar jamoaga moslashib ketishim uchun qo'ldan kelganicha yordam berishmoqda.



Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика