So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  0 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

Eldor SHomurodov: "Speciya"dan keyingi manzil? Hozir faqat bir narsani aniq ayta olaman..." Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Speciya"dan keyingi manzil? Hozir faqat bir narsani aniq ayta olaman..."

O'zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoaning bugungi mashg'ulotida Eldor SHomurodov ishtirok etdi.

O'tgan mavsumni "Roma" va "Speciya" safida o'tkazgan hujumchi keyingi rejalari va oldindagi bahs haqida fikrlarini bildirdi. Malumot uchun, hujumchi "Speciya" - "Verona" uchrashuvi sabab O'monga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi. 

"Kayfiyatlar yaxshi, hammasi joyida. Terma jamoamiz musobaqani yaxshi boshladi. Endilikda keyingi o'yinga tayyorgarlikni olib bormoqdamiz",- deydi Eldor SHomurodov

- "Speciya"dan keyingi rejalaringiz qanday? Yo'nalishingizni o'zgartirasizmi? Manzil qaer Osiyo yoki Evropa?

- Hozir faqat bir narsani aniq aytishim mumkin, barcha tatilga chiqqan. Tatildan so'ng "Roma"ga qaytaman. Klub bilan shartnomam bor. 

- "Roma"ga qachon qaytasiz?

- Hali aniq emas. Iyul oyining 10 sanalariga bo'lsa kerak. 

- "Roma"da yarim mavsum kamroq, "Speciya"da esa ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldingiz. Qaysi biri foydaliroq bo'ldi?

- Ikkisining ham o'z o'rni bor. "Roma"dagi mashg'ulotlarda olib qaraganda, dunyodagi eng kuchli futbolchilar bilan shug'ullanib tajriba olasiz. Lekin futbolchiga baribir o'yin amaliyoti kerak. "Speciya"da etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim, deb o'ylayman. 

- Hozirgi kunda o'z ustingizda qanchalik ishlamoqdasiz va yana nimalarni o'zingizga qabul qilishingiz kerak?

- Futbolchi nimagadir erishdim va men futbolni yuz foiz tushunaman, deb o'ylasa futbolni tugatsa ham bo'laveradi. Menda unday fikr yo'q. Hozir vazifam faqat o'z ishimni qilish, o'rganish, o'sishdan iborat. Qolganini xudo xohlasa kelajakda ko'ramiz. 

- O'mon bilan o'yinda O'zbekiston ancha vaqtdan so'ng Eldor SHomurodovsiz o'ynadi. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz bu jarayonga fikringizni ayta olasizmi?

- O'zbekiston ajoyib o'yin o'tkazdi, bu hisobda ham aks etdi. Terma jamoada chiroyli o'yin ko'rsatib g'alabaga erishish eng katta niyatimiz. Mashg'ulotlarda qatnashayotgan yoshlarga kelsak, albatta ularga qo'ldan kelgancha o'rgatib qo'llab-quvvatlaymiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика