So’nggi yangiliklar

14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10

Eldor SHomurodov: "Saudiya Arabistoni kuchli, ammo..." Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Saudiya Arabistoni kuchli, ammo..."

O'zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugungi mashg'ulotlarga "Rostov" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov ham kelib qo'shildi. Biz uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Terma jamoa bir haftadan buyon yig'in o'tkazmoqda, siz biroz kechroq keldingiz. Terma jamoaga moslashishda qiyinchilik bo'lmadimi?

- Jahon chempionati doirasida uchta o'yinda maydonga tushishga ulgurdik. SHunday ekan terma jamoaga moslashish talab etilmaydi deb o'ylayman. Barcha yigitlar Saudiya Arabistoni bilan o'yin ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini juda yaxshi bilib turishibdi. Birglikda bir jamoa bo'lib g'alaba qozonishga urinamiz.

- Bo'lajak raqibimiz Saudiya Arabistoni haqida qanday fikrdasiz?

- Saudiya Arabistoni Rossiyada o'tgan oxirgi Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. Osiyoda o'z o'rniga bo'lgan jamoalardan biri, lekin biz o'z maydonimizda o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynaymiz. SHu bois faqat g'alaba uchun intilamiz.

- Kuni kecha Rossiya premer-ligasida o'yinda maydonga tushdingiz. Jismoniy holatingiz qanday, charochoq alomatlari sezilmayaptimi?

- Yo'q, hammasi joyida.

- Klubingiz safidagi omadsizlik nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz? Sababi sizdan barcha har bir bahsda gol kutadi...

- To'g'ri hamma gol kutadi. Har bir o'yinda gol urishga harakat qilaman. Ammo bu futbol. Balki Saudiya Arabistoni bilan bahsda omadsiz seriyaga chek qo'yarman.

Reyting: +92   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика