Eldor SHomurodov “Rostov”ga o'tdi
15 iyu 2017 18:22
Yangiliklar
Eldor SHomurodov “Rostov”ga o'tdi
Birinchi davra oxirlarida “Bunyodkor” futbol klubiga Eldor SHomurodov transferi masalasida Rossiyaning “Rostov” klubidan taklif tushdi. Olib borilgan muzokaralardan so'ng Eldor SHomurodov “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o'tdi.
Aytish joizki, “Bunyodkor” futbol klubi o'z tarkibidagi futbolchilarining biznikidan kuchliroq bo'lgan xorij chempionatlariga yo'l olishiga doimo ijobiy munosabatda bo'lib keladi. O'ylaymizki, Eldor SHomurodov Rossiya premer-ligasida to'p tepib, orttiradigan tajribasi va mahorati kelajakda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun foydali bo'ladi. SHomurodov so'nggi yillarda premer-liga bahslarida o'z o'rniga ega bo'lishgan Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Vadim Afonin singari nom qozonib, Rossiya chempionatida munosib ishtirok etadi. Qayd etish kerakki, Eldor SHomurodov "Bunyodkor" FKdan Rossiya chempionatiga yo'l olgan o'zbekistonlik birinchi futbolchi bo'ldi.
“Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi esa yangidan-yangi yulduzlarni kashf qilishda davom etadi. O'ylaymizki, futbol maktabimizda tarbiya topayotgan yosh futbolchilar uchun SHomurodovning “Rostov”ga o'tishi qo'shimcha kuch bag'ishlab, ularning o'z ustilarida yanada ko'proq ishlashiga va kelajakda mohir futbolchi bo'lib etishishiga turtki bo'ladi.
Rossiyadagi faoliyating omadli bo'lsin, Eldor!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar