Eldor SHomurodov qora qalpoqda
10 may 2019 16:16
Yangiliklar


Eldor SHomurodov qora qalpoqda
Bugun, 10 may kuni "Dinamo" hamda "Rostov" o'rtasida Rossiya Premer-ligasining 28-tur uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Rostov" rasmiy "tvitteri" sahifaga Eldor SHomurodov suratini joyladi.
"Qora forma - qora eldorka (qalpoq nomi)"
SHomurodov ushbu bahsni zaxirada boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, "Rostov" - "Krasnodar" uchrashuvida (1:1) zaxiradan maydonga tushirilgan Eldor SHomurodov boshidan jarohat olgandi. Klub shifokorlari tibbiy yordam paytida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi boshiga maxsus qalpoqcha kiydirib qo'ydi. SHomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida bosh bilan gol urib, "Rostov"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHundan so'ng forvardning boshidagi qalpoqcha mashhur bo'lib ketdi va klub eldorka deb nomlangan qalpoqlar sotuvini yo'lga qo'ygan edi.
«Rostov» SHomurodov nomidagi «shapka»lar sotuvini yo'lga qo'ymoqda
O’xshash yangiliklar

Fikrlar