Eldor SHomurodov “Krilya Sovetov”ga urgan golini “Paxtakor-79”ga bag'ishladi
13 avg 2019 09:30
Yangiliklar


Eldor SHomurodov “Krilya Sovetov”ga urgan golini “Paxtakor-79”ga bag'ishladi
“Rostov”ning o'zbekistonlik hujumchisi RPLning beshinchi turida jamoasiga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
“Hamma gollarim o'zimga yoqadi. Ayniqsa jamoam gollarim tufayli g'alaba qozonganida. SHunday ekan, “Krilya” darvozasiga urgan golim men uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Hujum vaqtida Ionov yaxshi uzatma berdi, Bayramyan esa to'pni o'tkazib yubordi, u men tomon kelayotganini ko'rdim. Oyog'imni qo'yishga ulgurdim. Gol urish men uchun muhim va buning principial ahamiyati mavjud. Hujumchiman, bu esa mening ishim. Golimni “Paxtakor-79”ga bag'ishlayman”, — deydi o'yindan so'ng Eldor SHomurodov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar