So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" ва "Бетис"дан йирик ғалабалар  0 01:58"Милан"нинг Италия Кубоги финалидаги рақиби аниқ бўлди  1 01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  2 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  4 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  5 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  2 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  20 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  5 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  6

Eldor SHomurodov kasbini o'zgartiradi Yangiliklar

Eldor SHomurodov kasbini o'zgartiradi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Namangan shahrida 2023 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichi "C" guruh o'yinlari bo'lib o'tmoqda.

Ertaga, 14 iyun kuni guruhning so'nggi 3-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Bugun O'zbekiston terma jamoasi Srechko Katanec boshchiligida Tailandga qarshi oxirgi tur uchrashuvidan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot haqidagi batafsil xabar va galereya birozdan so'ng ko'rasiz.

Hozir esa etiboringizni boshqa tomonga qaratamiz. Oxirgi 2 kun davomida "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan O'zbekiston va Iroq U-23 terma jamoalari bahsidagi vaziyat trendga chiqdi. Unda muxlislar tomonidan otilgan qattiq jismli buyumlar chet ellik operator va o'zbekistonlik fotografni jarohatladi.

FOTO  O'zbekiston – Iroq bahsida muxlislar tomonidan otilgan tosh fotosuratchi va operatorni og'ir ahvolga solib qo'ydi

Bugun esa O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov o'zini aynan fotograflikda sinab ko'rdi. Balki, oxirgi kunlarda trendga chiqqan kasb unga yoqib qolar)) Xullas, "Eldor foto"ning ish jarayonidan ayrim kadrlarni etiboringizga havola etamiz. Ko'ring va shunchaki kayfiyatni ko'taring)

SHomurodov O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovdan fotoapparatni so'raganida "HP photo" shoshib qoldilar. Bunaqa mashhur shogirdlari yo'qda) Eng mashhur shogirdlari men... edim :)


Fotograflar odatda o'z muxlislariga ega bo'lish uchun yillab mehnat qilishadi. Eldor 30 soniyada muxlis yig'a oldi atrofiga)


Tabassumiga qaraganda unga yoqib qoldi rasmga olish)


- Davom et, Eldor.


Ana opkelding, Eldor. Yangi kasbda birinchi kallani qo'yganing bilan tabriklayman) Bu 400talik obektiv, u bilan o'zingni rasmga ololmaysan)


Eldordek mashhur odam fotograflikka o'tsa nonimiz yarimta bo'ladi deb turgan joyimizda Doston Hamdamovga nima borikin-a :)))


Aytdim-u 30 soniyada muxlis to'pladi yoniga deb. "Eldor foto" bilan rasmga tushishyapti.


Xullas, terma jamoaning bugungi mashg'uloti mana shunday ajoyib voqelik bilan boshlandi. O'ylaymizki, yuqoridagi rasm va izohlarni jiddiy qabul qilmaysiz. SHunchaki, kayfiyatni ko'tarish uchun ko'rib qo'ying. Salomat bo'ling!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика