So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Eldor SHomurodov: "Jenoa"da milliy terma jamoa o'yinlarini kutib yashayman" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Jenoa"da milliy terma jamoa o'yinlarini kutib yashayman"

O'zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig'iniga taklif qilingan hujumchi Eldor SHomurodov O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Bunda futbolchi oldindagi o'rtoqlik uchrashuvlari va "Jenoa" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Oldinda bizni uchta muhim uchrashuv kutmoqda. SHuning uchun ham mart oyidagi ikkita o'rtoqlik o'yini kerakli va muhim, deb o'ylayman. Terma jamoa ancha vaqtdan beri optimal tarkibda yig'ilgani yo'q. JCH saralash bahslariga har tomonlama tayyorgarlik ko'rishimizda o'rtoqlik o'yini foydadan holi bo'lmaydi. 

Fikrimcha, "Jenoa"dagi o'yinlarim ko'proq bosim yuklaydi. CHunki terma jamoaga foydam tegishi uchun shu klubda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'laman. "Jenoa"da har doim terma jamoaning o'yinlarini kutib yashayman, desam mubolag'a bo'lmaydi. Milliy jamoa yig'iniga kelganimda ochig'i mazza qilaman. Aytganimdek Italiya chempionatida bosim yuqori, barcha o'zbekistonlik muxlislar mendan ko'p narsa kutishadi. Hech qachon bir o'zim nimadir yutishni o'ylamayman. Jamoamga yordam berishga harakat qilaman. Boisi jamoa muvaffaqiyatga erishsa futbolchida ham sovrin yutish imkoni bo'ladi",- deydi SHomurodov.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика