Eldor Shomurodov: "Guruhdan chiqishga imkoniyatimiz etadi deb o'ylayman"
06 dek 2025 00:54
Yangiliklar
Eldor Shomurodov: "Guruhdan chiqishga imkoniyatimiz etadi deb o'ylayman"
- Yaxshi guruh bo'ldi. Bu guruhdan chiqsak bo'ladi. Bundan yomoni ham yaxshisi ham bo'lishi mumkin edi. Shaxsan men har qanday guruhga tayyor edim.
- Baribir top termalardan biri bo'lishini va shularga qarshi o'ynashni istagandik. Kolumbiya haqida nima deya olasiz?
- Kolumbiyaning so'nggi paytlardagi o'yinlarini ko'rmadim. Oldin kuchli termalardan biri hisoblanardi. Hozir ham shunday. Tarkibida yaxshi futbolchilari ko'p. Barchasini taxlil qilib chiqamiz. Bu jahon chempionati. Unga faqatgina mos termalar boradi. Hamma narsaning iloji bor. Guruhdan chiqishga imkoniyatimiz etadi deb o'ylayman.
- Quradan keyin muxlislarga tilaklaringiz.
- Barcha muxlislarga sog'liq tilayman. Ular bizni doimo qo'llab-quvvatlashsin. Ularni yuzlarini erga qaratmaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Fikrlar