So’nggi yangiliklar

18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  1 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  2 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  8 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  14 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  3 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  13

Eldor Sakaev: "Superliga maqsadi uchun kurashishda davom etamiz" Yangiliklar

Eldor Sakaev: "Superliga maqsadi uchun kurashishda davom etamiz"

Teglar :  AndijonEldor Sakaev
Dinamo- Andijon (1:1) uchrashuvidan keyin dastlab mehmonlar murabbiyi Eldor Sakaev uchrashuv borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Eldor aka, hisobni o'yinga mos desa bo'ladimi?

- To'g'ri, natijaga mos o'yin bo'ldi. Bugun jangovar kechgan bahsda durang adolatli natija edi. Sababi, biz ham, raqib ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Muxlislar ham bu uchrashuvdan lazzatlanishdi deb o'ylayman. “Dinamo” pastki o'rinda bo'lsada, tarkib va o'yin jihatdan ancha kuchli jamoa. Tarkibida Oliy Liga havosidan bahramand bo'lgan futbolchilar ko'p.

- O'yin borasida qanday fikrdasiz?

- Tengkurashlar ostida boshlangan bo'lim yakunida “Dinamo” Ilhom Yunusovning mahorati evaziga hisobni ochdi. Biz esa dastlabki daqiqalardan ko'zlagan rejamizni amalga oshira olmadik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirdik. Yana 4 kundan keyin “Dinamo”ni uyimizda qabul qilamiz. Tiklanish jarayonini tezroq o'tkazib, o'yinga shay bo'lishimiz kerak.

- 1-davra yakunlandi. Barchasi sizning rejangiz asosida kechdimi?

- SHunday desa ham bo'ladi. Faqat, uyimizda “SHo'rtan” bilan ochko yo'qotganimiz yaxshi bo'lmadi. Hozircha 2-o'rindamiz, Superliga maqsadi uchun kurashishda davom etamiz.

- “Dinamo” bilan bahs “Andijon” uchun 1-davradagi eng og'ir o'yin bo'ldimi?

- Faqat Samarqanddagi “Dinamo” bilan o'yin emas, qolgan bahslar ham oson bo'lmadi. Samarqandda ajoyib maydonga ega stadion bor, muxlislar ham yaxshi, “Dinamo” stadionidagi maydonda chiroyli futbol namoyish etish mumkin. Bugun ham yomg'irga qaramay, futbolchilar maydonda miriqib futbol o'ynashdi.

- Raqib jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- «Dinamo»ning bugungi o'yini va tarkibi bilan A guruhida so'nggi o'rinda ekanligi men uchun ajablanarli. Buni ko'pchilik kutmagandi. O'ylayshimcha, hali uch davra bor, “Andijon” singari “Dinamo” ham Superliga uchun kurashishda davom etsa kerak.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика