So’nggi yangiliklar

10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" бош мураббийи Игор Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  2 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  1 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  0 08:30Ўзбекистонлик футболчи Қозоғистон чемпионатида тўп тепган легионерлардан иборат рамзий терма жамоадан ўрин олди  0 08:03Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин  13 07:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси футболчиси "Брага"да?  4 02:40А Серия. "Интер" қийин ўйинда Бергамода "Аталанта"ни минимал ҳисобда мағлуб этди ва жадвалда биринчи ўринга кўтарилиб олди  5 01:49Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди  18 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  12 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  8 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  2 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  2 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  1

Eldor "Rostov"da qolgani maqul Yangiliklar

Eldor "Rostov"da qolgani maqul

SHu kunlarda hammaning og'zidan Eldor SHomurodov tushmay qoldi.

"Arsenal", "Ural", "Krilya Sovetov" kabi jamoalar darvozasiga kiritgan gollar o'z yo'liga, lekin kechagi o'yinda Rossiyaning eng kuchli klublaridan biri "Lokomotiv" darvozasiga ikkita gol urishi, bo'lib ham safarda kiritilgan bu ikki gol "Rostov"ga navbatdagi g'alabani taqdim etishi nihoyatda yoqimli bo'ldi. 

SHu paytgacha Rossiyaning o'rtamiyona klubi hisoblanib kelgan "Rostov"ning bu yil ishtahasi karnay. Jamoa chempionlikni ko'zlamoqda. Bosh murabbiy Valeriy Karpin futbolchilik paytida ham faqat yuqori marralarni ko'zlardi. Maydonda haqiqiy "jangchi" edi. Yutqazishni yoqtirmasdi. Va mana endi murabbiy sifatida ham o'zidagi xislatlarni jamoaga singdirishga harakat qilmoqda. 

Eldor SHomurodov "Rostov"da o'zini ko'rsatgani sayin uning Evropa jamoasiga o'tishi mukinligi haqidagi xabarlar ko'payib boryapti. Bir Portugaliya klubidan, bir Germaniyaning "SHalke 04" jamoasidan qiziqish bo'lganini eshitdik. Bu borada oxirgi xabar kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Rostov" bahsini "Manchester Yunayted" skauti kuzatib borgani bo'ldi. 

Rossiyalik jurnalistlar ham Eldorni og'izdan bol tomib maqtashyapti. Ayniqsa kechagi o'yindan keyin Tvitter rosa "qaynadi". Har tomondan Eldor shaniga iliq fikrlar bildirildi. Hamyurting haqida shunday gaplarni o'qir ekansan, axir bu bizning futbolchi deya faxrlanib ketasan. 

Endi asosiy masalaga keladigan bo'lsak, SHomurodov boshqa joyga ketishni xayol qilmay hozircha "Rostov"da qolgani maqul. Hech bo'lmasa shu mavsumni o'zi to'p tepayotgan klubda tugatib qo'yishi kerak. Bunga bir nechta sabablar bor, albatta. 

Birinchidan, o'tgan mavsumni 9-o'rinda yakunlagan "Rostov" bu yil chempionlikka harakat qilmoqda. Kechagi g'alabadan so'ng jamoa turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. SHomurodov ham 7ta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti. 

Ikkinchidan, "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin o'tgan yil Eldorni asosan zaxiradan maydonga tushirayotgandi, lekin bu mavsumdan u jamoaning almashtirib bo'lmas hujumchisiga aylandi. Bu esa futbolchi uchun ham, murabbiy uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bir so'z bilan aytganda, SHomurodov Karpinning ishonchini to'liq qozonib bo'ldi. 

Uchinchidan, "Rostov" bu yil Evrokuboklarda o'ynamaydi va qaysidir manoda bu ham Eldor uchun plyus hisoblanadi. CHempionlikka davogar boshqa jamoalar - "Zenit" va "Lokomotiv" ECHLda, CSKA bilan "Krasnodar" Evropa Ligasida ishtirok etadi va tabiiyki bu jamoalarning xalqaro musobaqalarda o'ynashi tarkib bo'yicha muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu borada "Rostov" chalg'imasdan etiborini faqat Rossiya chempionati va Kubogiga qaratadi. 

To'rtinchidan, O'zbekiston terma jamoasini oldinda JCH-2022 saralash bahslari kutib turibdi. Bu o'rinda Eldor jamoani almashtirishga ishtiyoqmand bo'lmasdan etiborini faqat o'z klubi va terma jamoaga qaratgani maqul. Boshqa jamoaga ketdi ham deylik, moslashish jarayonining o'ziga bir yil ketib qolishi mumkin, bu esa terma jamoadagi o'yiniga ham minus olib keladi. 

Beshinchidan, Eldor Evropaga ketishga tayyormi? O'yin tomonlama 24 yoshli hujumchi tayyor, faqat bu o'rinda boshqa masalalar ham bor. Eng avvalo til muammosi. Eldor rus tilini bilgani uchun Rossiyada qiynalayotgani yo'q, lekin boshqa tilda gaplashadigan mamlakatga yo'l olsa baribir til muammosiga duch keladi. Qolaversa yangicha mentalitet, ovqatlanish kabi jihatlar ham bor. Har holda bu tomonlama ruslar bizga yaqinroq. 

Umuman olganda Eldor SHomurodov bor etiborini hozir o'ynayotgan klubi va albatta O'zbekiston milliy terma jamoasiga qaratgan holda "Rostov"da qolishi kerak. CHunki bu qaror "Rostov" uchun ham, biz uchun ham foydali bo'ladi. CHetga ketish niyati bo'lsa, bunga hali vaqt topadi. Keyinchalik taklif tushmasa-chi kabi taxminlarga bormaganimiz maqul. Misol uchun, italiyalik Luka Toni 27 yoshida terma jamoada debyut qilib, 30 yoshida "Bavariya"ga yo'l olgandi. Uning "Bavariya" va Italiya terma jamoasida qanday o'yin ko'rsatgani hamon yodimizda. SHunday ekan, Eldor uchun ham hali hammasi oldinda deb qolamiz. 

X.Xoliqov.

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика