So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Eldor Isaboev: Nesterov bilan birga ishlash yanada o'sishimga yordam beradi Yangiliklar

Eldor Isaboev: Nesterov bilan birga ishlash yanada o'sishimga yordam beradi

Yangi mavsumda rasmiy o'yinlarga boshqalardan ertaroq kirishadigan Lokomotiv klubi Osiyo CHempionlar ligasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga jiddiy bel bog'lagan.
Buni jamoada olib borilayotgan selekciya ishlaridan ham bilib olish qiyin emas. SHu kungacha temiryo'lchilar o'z safiga 6 nafar futbolchini qo'shib olishdi. Ular orasida so'nggisi umidli darvozabon Eldor Isaboevdir. U asli farg'onalik bo'lsa-da, katta futbolga Muborakning Mashal klubi orqali kirib kelgan. Lokomotivning yangi darvozaboni bilan uyushtirgan suhbatimiz avvalida aynan shu mavzuga alohida etibor qaratdik.

- Eldor, siz mamlakatimizning futboli ancha taraqqiy etgan hududlaridan biri Farg'onada tug'ilib o'sgan bo'lsangizda professional faoliyatingizni Mashal jamoasida boshlagansiz...
- To'g'ri, asli Farg'onalikman. Futbol maktab-internatini tugatganimdan keyin menga Muborakdan taklif tushdi. Avvaliga yosh bo'lganligim uchun ikki yil jamoaning 1-ligadagi farm-klubi sharafini himoya qildim. Keyin esa asosiy jamoaga o'tdim. 2011 yilda meni Xorazm jamoasiga taklif qilishdi. O'sha paytda jamoa oliy ligani tark etgan va yangi mavsumda jamoa yana kuchlilar safiga qaytish uchun kurash olib boradi, deyishgandi bizga. Ammo, urganchliklar bilan oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritolmadik. SHundan so'ng men uchun qadrdon bo'lgan Neftchiga ko'chib o'tdim va ikki mavsum davomida farg'onaliklar sharafini himoya qildim.

- Nega Neftchi tarkibidan mustahkam joy ololmadingiz?
- Bilasizmi, Farg'onadagi dastlabki mavsumda jamoa murabbiylari menga asosan OFK kubogidagi o'yinlarda ishonch bildirishdi. SHunda ham asosan safar o'yinlarida. Albatta, endi o'sib kelayotgan darvozabon uchun safarda to'p surish va o'zini ko'rsatish oson emas. SHuningdek, ichki chempionatda ham Lokomotiv va Andijonga qarshi kechgan safar o'yinlarida Yuriy Sarkisyan menga o'zimni ko'rsatishga imkoniyat berdi. Ammo, uydagi o'yinlarda esa zahirada qolib ketaverardim. Bu yil Yuriy Vozgenovich menga o'zimni ko'rsatish uchun endi imkoniyat berishga chog'lanayotgan bir pallada klub rahbariyati ularni lavozimidan ozod etishga qaror qildi. Yangi murabbiylar shtabi esa darvozada tajribali futbolchilarga ishonch bildirishga qaror qildi va natijada Farg'onaga G'ayrat Hasanov hamda Hislat CHilmatovlar qaytarilishdi. SHu bois 2013 yilgi mavsumda Neftchida o'yin amaliyotiga ega bo'lolmadim.

- SHu paytgacha oliy liga jamoalarida o'z o'rningizni topib ketolmaganingizni qanday izohlaysiz?

- Menga hech bo'lmaganda ketma-ket 4-5 o'yinda o'zimni ko'rsatishga imkon berishmagan. Bir-ikki o'yinda, boz ustiga safar uchrashuvlarida asosiy tarkibga tushib o'zingizni ko'rsatish qiyin. Umid qilamanki, Lokomotivda o'zimni ko'rsatishim uchun ko'proq imkoniyat berishadi.

- Umuman Lokomotiv varianti qanday paydo bo'ldi?
- Meni jamoaning dastlabki yig'iniga taklif qilishdi va mashg'ulotlarda qatnashib, o'zingni ko'rsat, deyishdi. Ikki tomonlama o'yinda ishtirok etdim. Keyin jamoa rahbariyati Lokomotivda to'p surish taklifiga munosabatimni so'rashdi. Men ijobiy javom berdim va shu tariqa klub bilan bir yillik shartnoma imzoladik.

- Lokomotivga ancha mushkul vaziyatda keldingiz. Jamoani Osiyo CHempionlari ligasi saralash bosqichida qiyin o'yinlar kutib turibdi. Fevralning boshida Nesterov hali formaga kirib ulgurmagan bo'ladi va sizda jamoaning birinchi raqamli darvozaboni bo'lib olishga ajoyib imkoniyat paydo bo'lgan. Bunga tayyormisiz?
- Albatta. Bu turnir men uchun yangi musobaqa. Qitamizning eng kuchli klublari to'p suradigan musobaqada ishtirok etish hammaga ham nasib etavermaydi. Buni to'g'ri tushunib turibman va jamoada o'zimni ko'rsatishga astoydil harakat qilmoqdaman. Qolaversa, OCHLda to'p surish hoxishim ham juda kuchli.

- Raqobatdan qo'rqmaysizmi va ayni paytda o'zingizga kimni asosiy raqobatchi, deb hisoblaysiz?
- Lokomotiv safida mahoratli darvozabonlar jamlanishgan. Nesterovdan tashqari Temur G'aniev, Artur Parvanov, qolaversa yosh, umidli darvozabon Sarvar Karimov – bularning barchasi mahoratli darvozabonlar. Ularning har biri asosiy tarkibda to'p surishga munosib, deb hisoblayman va sog'lom raqobatda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa darvozasini qo'riqlasin.

- Lokomotivga ko'chib o'tish – bu orzularingiz ushalishining boshlanishi, desak bo'ladimi?
- Lokomotiv o'z oldiga yuksak vazifalar qo'yadigan jiddiy klub. Qolaversa, jamoa safida milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalarining bir qator azolari ham to'p surishadi. Birgina Nesterovni oladigan bo'lsak, shunday darvozabon bilan bir jamoada bo'lish, birga mashg'ulot olib borish hamda o'ynash men uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'taydi. O'z o'rnida Yaratganning menga bergan bu imkoniyatidan unumli foydalanish va Lokomotiv bilan yuksak marralarni zabt etishga harakat qilaman. SHu manoda Lokomotivga ko'chib o'tish – bu faoliyatimda oldinga tashlangan qadam, deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика