So’nggi yangiliklar

17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  0 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  1 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   13 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  8 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  5 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1

Eldor Adhamov: “Muborakda muhim bo'lgan yutuqni qo'lga kiritdik” Yangiliklar

Eldor Adhamov: “Muborakda muhim bo'lgan yutuqni qo'lga kiritdik”

O'zbekiston Superligasining 17-turida “Andijon” jamoasi mehmonda “Mashal” (1:0) ustidan ilk marotaba g'alaba qozondi.

“Mashal” bilan o'yin haqida

“O'yin juda qiziqarli bo'ldi. Biz ushbu uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. CHunki Muborakdagi bahsda g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Xudoga shukurki, qilgan tayyorgarligimiz o'z mevasini berib, muhim bo'lgan yutuqni qo'lga kiritdik" 

Raqib jamoasi to'g'risida

“Bu jamoa doimo ko'plarga qiyinchilik tug'diradi. Hozirda muborakliklar yaxshi formadagilini ham bilardik. SHuni hisobga olib, o'yinga ruhan va taktik tomonlama ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Omad ham biz tomonda bo'ldi. Yigitlar oxirigacha irodali va matonatli o'yin ko'rsatishdi. CHunki “Mashal” mag'lubiyatga uchrayotgani tufayli, bor kuchlari bilan oldinga o'tishdi. Jamoamiz esa to'g'ri taktika asosida o'yin ko'rsatgani g'alabamizga sabab bo'ldi. 

“Andijon”ning barqaror o'yin ko'rsata olmayotgani xususida

“Xabaringiz bor, birinchi davradan keyin jamoada o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Hujum va yarim himoyada o'ynagan muhim bo'lgan besh nafar futbolchi “Andijon”ni tark etdi. Tarkib deyarli yangilandi va ancha yoshartirildi. O'yin uslubimizni bir maromga keltirib olishimiz biroz vaqt kerak. O'ylaymanki, hammasi joyiga tushadi. Barqaror o'yin ko'rsatishni boshlaymiz degan umiddaman".

Superligada qolish vazifasi borasida

“Barchasi Yaratgandan. Agar biz aniq taktika asosida o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, imkoniyatlardan foydalana olsak, albatta Superligada qolishni uddalay olamiz. “Andijon” muxlislari bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Natijalarimiz bilan ularni xursand qilish niyatidamiz",- deydi Eldor Adhamov. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика