So’nggi yangiliklar

11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  0 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  1 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  13 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  14 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  23 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  12 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  20 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  6 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7

Eldor Adhamov: "Andijon"ning OCHL-2da o'zini ko'rsatishga bo'lgan ishtiyoqi juda kuchli" Yangiliklar

Eldor Adhamov: "Andijon"ning OCHL-2da o'zini ko'rsatishga bo'lgan ishtiyoqi juda kuchli"

Yaqinda darvozabon Eldor Adhamov "Andijon" bilan shartnomasini uzaytirgandi.

28 yoshli posbon ortda qolgan mavsum, shartnomani uzaytirishi sababi va yangi mavsum rejalari xususida “Andijon” matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo, hammani muvaffaqiyatli o'tgan mavsum bilan tabriklayman. Umumiy qilib gapiradigan bo'lsam, fevralda Turkiya yig'inida jarohat oldim. Natijada chempionatni jarohat bilan boshladim. SHu bois boshidagi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. May oyida umumiy guruhga qaytdim. Natijada asta-sekin umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilib oldim. 

Men uchun ham, jamoa uchun ham mavsum yaxshi o'tdi. Bunga isbot sifatida tarixda ilk bor qo'lga kiritilgan O'zbekiston Kubogini aytishim mumkin. Superligada deyarli 8-o'rinni oldik. Ikkita frontda o'ynab turib bunday natija qayd etish juda qiyin. To'g'ri, biz bundan ham ko'piga qodir edik, lekin har doim o'zimiz o'ylagandek bo'lavermaydi. To'g'ri, orada muvaffaqiyatsiz o'yinlarimiz ham bo'ldi. Ammo bu – sport. Sportda har xil holatlar bo'lib turadi. Bundan har kim har xil xulosa qiladi. Xudoga shukr, biz xarakter ko'rsatib, vaziyatni o'nglay oldik va biz uchun hammasi yaxshilik bilan tugadi. O'zimizga kerakli natijani qayd eta oldik. Bunda jamoadagi har bir futbolchi va xodimning hissasi katta. Buning uchun barchaga rahmat.

Mavsum tugashiga ikkita tur qolganida o'ylantirib qo'yadigan taklif bo'ldi. Lekin xuddi bu taklifni murabbiylar shtabi bilganidek, o'zim bilan gaplashishdi. Mana, jamoam bilan muzokarani olib bordik va yakunda kelishdik. Kelasi yili "Andijon"ni ajoyib mavsum kutyapti. Osiyo CHempionlar Ligasi-2da debyutini o'tkazadi va o'zini ko'rsatishga bo'lgan ishtiyoq juda kuchli. Bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarib yuborgim kelmadi. 

Mavsum oxirlagan sari o'zimni sport formamni yuqori darajasiga chiqib bordim. Kelasi yilga oldimga Superliga va OCHLda bundan-da munosib ishtirok etib, jamoamga hissa qo'shish hamda katta marralarni zabt etish maqsadini qo'ydim. Ko'tarilish pog'onalarimdan biri – minimum terma jamoa darajasiga chiqish va uning tarkibiga kirish", – dedi Adhamov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика